Kasbiy psixologiya


Kasblar va ularning ko‘rinishlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

Kasblar va ularning ko‘rinishlari 
Kasb tanlash motivatsiyasi. O‘qish motivlari muammosini tadqiqot qilgan 
jahon psixologlari ularni ikki kategoriyaga yoki guruhga ajratib tekshirishni lozim 
topadilar. 
Birinchi kategoriyaga taalluqli motivlar o‘quv faoliyatining mazmuni, 
mohiyati hamda uning jarayonlari, sharoitlari bilan bevosita uyg‘unlashgandir. 
Ikkinchi kategoriyaga kiruvchi motivlar tizimi o‘quvchilarning atrof - muhit 
bilan keng ko‘lamdagi o‘zaro munosabatlariga ularning begona, o‘zga kishilar 
bilan muomalaga kirishish ehtiyojiga, ijtimoiy turmush vaqeliligiga nisbatan 
shaxsiy qarashiga bog‘liqdir. 
O‘quv faoliyati mazmuni bilan uzviy bog‘liq motivlar tizimini shartli 
ravishda ikki guruhga ajratib, ularni ijobiy (musbat, pozitiv) va salbiy (manfiy, 
negativ) deb nomlash mumkin. Bunday atamalarni qo‘llashdan asosiy maqsad 
mahalliy an’ana, ijtimoiy tajriba (stereotipizatsiya darajasidagi ta’sirchan kuchli 


38 
tashqi omil) ekstremal holat ta’sirida keskin ruhiy burilishlar yasashga qodir 
psixologik mexanizmlarni aniqlashdan iboratdir. Odatda salbiy (negativ) 
motivatsiya shunday vaziyatda vujudga kelishi mumkinki, qachonki o‘quvchi 
bilimlarni o‘zlashtirmasligi oqibatida qanday ko‘ngilsiz holatlarga olib kelishini 
anglab yetsa (jazolanish, ota- onalar tanbehi, sinfdoshlar e’tirozi, yomon baho 
olish, jamoa a’zolari orasida obro‘sizlanish va boshqalar) va ana shunga muvofiq 
sa’yi - harakatlarni amalga oshirsa. Salbiy motivatsiyaga ega bo‘lgan o‘quvchi 
kamroq musibatli (mushkul ahvol) yo‘lni tanlab, ta’lim jarayonida qatnashishda 
davom etadi. Bunday o‘qish motivatsiyasiga aloqador o‘quvchilar yuqori 
ko‘rsatkichlarga, muvaffaqiyatli o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar, 
chunki ishtiyoqsiz darsga qatnashish tuyg‘usi, bilim va o‘quv predmetiga nisbatan 
qiziqishning mavjud emasligi bunga ma’naviy to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Buning 
natijasida o‘zlashtirmovchi, bo‘sh o‘zlashtiruvchi, sust o‘quvchilarning safi tobora 
kengayib boradi, bu narsa kundalik odatga aylana borsa, u stereotip darajasiga 
o‘sib o‘tishi mumkin. Mustaqil va muvaffaqiyatli o‘qish esa shaxsdan faol, qat’iy, 
ijodiy izlanishlarni taqozo qiladi va shunga o‘xshash talablarni o‘zlashtiruvchi 
oldiga qo‘yadi. Shaxsning mazkur holatlarga tayyor emasligi, undagi 
imkoniyatlarning cheklanganligi sababli o‘zlashtirmovchilar qatorini to‘ldirishga, 
bir sinfda yoki kursda ikki yil o‘qishga olib keladi, o‘sha qiyinchiliklar bilan o‘z 
sinfi, kursini tamomlaydi. Bunday toifadagi o‘quvchilar yoki talabalar o‘quv 
faoliyati motivatsiyasini qayta qurish evaziga ijobiy natijalarga erishishi mumkin. 
O‘quvchilar va talabalarda o‘qishga nisbatan salbiy motivatsiya birdaniga 
vujudga kelmaydi, balki uni keltirib chiqaruvchi bir necha xususiyatli omillar ta’sir 
etishi ehtimol. 
Ma’lumki, birinchi sinf, kollej, akademik litsey o‘quvchilari, oliy maktab 
talabalari o‘ta kuchli xohish, qiziqish, yuksak ezgu niyatlar bilan sinfga va 
auditoriyaga kiradilar. Ularning barchasida tevarak - atrof va ijtimoiy muhitda o‘z 
o‘rnini o‘quvchi va talaba sifatida egallash ehtiyoji mavjud bo‘lib, yangi vaziyatda 
muayyan faoliyatini amalga oshirish ishtiyoqini keltirib chiqaradi. Yangicha 
vaziyat, o‘ziga xos talab, qoidalar, munosabatlar muhitdagi xoh birinchi sinf 


39 
o‘quvchisi, xoh kollej tinglovchisi, xoh talaba bo‘lishidan qat’iy nazar ularning har 
qaysisi o‘qishga qiziqib, mas’uliyat sezib, vijdonan, ijobiy munosabatda bo‘ladi. 
Ammo ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ayrimlarida o‘qishga nisbatan ijobiy 
munosabat asta - sekin so‘na boshlaydi. Yangi muhit, ilm dargohlaridagi 
majburiyatlar, pozitsiyalar, qonun -
 
qoidalar o‘z ahamiyati, nisbiy yangilik 
xususiyatini yo‘qota boradi, his-tuyg‘ularga serob, quvnoqlar davrasiday tasavvur 
etilgan sinf (auditoriya) g‘ayri tabiiy ko‘rinish kasb etadi. 
O‘qishga nisbatan saboq oluvchilar munosabatini aniqlashga harakat qilgan 
o‘qituvchi qanday o‘zgarishlar yuz berayotganligini qayd qilish uchun ayrim 
mezonlarni ta’kidlay boshlaydi: a) xayolparishonlik vujudga keladi; b) vijdonan 
yondashish yo‘qoladi; v) boshqalardan ko‘chirib olishni odat qiladi; g) yolg‘on 
so‘zlash va bahona qidirishga o‘rganadi; d) darslarni qoldiradigan bo‘lib qoladi; e) 
mustaqil topshiriqlarni bajarmay qo‘yadi va boshqalar. O‘qituvchi yoki 
o‘quvchilar jamoasi yuqorida taxmin qilingan o‘quvchilardagi salbiy o‘zgarishga 
nisbatan an’anaviy tartib - intizom metodlarini tatbiq qiladi: a) kundaliklarga 
ogohlantirish yozish; b) ota-onalarga bu to‘g‘risida ma’lumot berish; v) sinf 
rahbari, maktab rahbariyatiga xabar berish; g) darsdan keyin olib qolib qattiq
 
uyaltirish; d) bilim dargohidan haydash masalasini qo‘yish va hokazo. Bunday 
aniq voqelik har qanday maktab, kollej, akademik litsey, oliy ta’lim tizimida yuz 
berib turadi. Bizningcha, jazo choralarini ko‘rishga shoshilishdan ko‘ra, mazkur 
«Muammoni keltirib chiqaruvchi omillar qaysilar?», «Nega shunday hodisa yuz 
beradi?» degan savollarga javob qidirish odilona yondoshishdir. 
Jumladan, «O‘quvchilar va talabalar xulq atvoridagi o‘zgarishlarning qanday 
motivlari mavjud?», «O‘qishga nisbatan o‘zgaruvchan munosabatni yuzaga 
keltiruvchi sabablar nimalardan iborat?», «Sinfda (auditoriyada) va undan tashqari 
u yoki bu xatti - harakatlarni amalga oshirishga undovchi omil qaysi?» va 
boshqalar. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan munosabat va xulq - atvor motivlarini chuqur va 
mukammal o‘rganmasdan turib, pedagogik ta’sir o‘tkazish chora va tadbirlarni 


40 
qo‘llash mumkin emas, chunki motivni turtki sifatida namoyon qiluvchi ichki va 
tashqi ta’sirini aniqlamasdan, unga ilmiy yondashib bo‘lmaydi. 
Hozirgi zamon psixologiya fani bilimlarni egallashga nisbatan ichki 
ehtiyojga katta ahamiyat beradi va bu bilan shaxs xulq-atvorini bir muncha 
boshqarish imkoniyati mavjud ekanligini ta’kidlaydi. Shuning bilan birga o‘quvchi 
(talaba)da barqaror bilishga qiziqishni shakllantirish muammosiga alohida e’tibor 
qilinadi. Darhaqiqat, barqaror bilishga qiziqishlar qo‘zg‘atuvchi turtki (kuch) 
sifatida o‘quv motivlarini vujudga keltiradi, muvaffaqiyatni ta’minlashga xizmat 
qiladi. O‘quvchi yoki talabada bilimlarning muayyan sohasiga, u yoki bu faoliyat 
turiga qiziqishning tug‘ilishi ko‘p jihatdan shaxsni qay tariqa shakllanish 
imkoniyatini belgilaydi. 
Ana shu boisdan o‘qituvchi o‘z o‘quv faniga nisbatan o‘quvchi va 
talabalarda qiziqishni o‘stirish tarafdori bo‘lishi shart, chunki xuddi shuning 
negizida o‘quv materiali va o‘quv dasturini yuksak darajada o‘zlashtirish muammosi 
yotadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bilishga qiziqish motiv doirasida o‘sadi, 
o‘zaro ta’sir etadi, ular bilan uzviy bog‘lanib ketadi. 
Ma’lumki, o‘quvchi (talaba) bilim dargohida ilm olishdan tashqari tengdoshlari 
jamoasi ichiga kirib boradi va hayotida qatnashadi, shu boisdan unda o‘z o‘rtoqlari, 
o‘qituvchilarga nisbatan muayyan munosabat shakli vujudga keladi. Uning o‘quv 
faoliyatiga undovchi motivlari bilan bir qatorda boshqacha xususiyatli xulq - atvor 
motivlari ham mavjuddir, jumladan ijtimoiy motiv jamoa bilan bo‘lish istagini 
anglatib, uning hayotida ishtirok etish xohishini o‘zida aks ettiradi. 
O‘quvchi va talabalar o‘quv faoliyatining ijtimoiy motivlari ularning boshqa 
odamlar bilan muomalaga kirish ehtiyoji bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularni 
baholash, quvvatlash, tengdoshlar jamoasida muayyan joy egallash singari talabalarda 
o‘z aksini topadi. Mazkur motivlar o‘quv faoliyatining mohiyati bilan bog‘liq 
bo‘lmay, balki unga yondosh yordamchi faktorlarni bildiradi. Ammo ushbu motivlar 
o‘quvchi va talaba o‘qishiga jiddiy turtki vazifasini bajaradi.
Ijtimoiy motivlarni tahlil qilishda davom etsak, ular bevosita jamoa burchi, 
qarindoshlar va yaqin kishilar oldidagi burch, o‘qishni umuminsoniy madaniyat, 


41 
qadriyat, ma’naviyatni egallash tasavvuri bilan bog‘liq vosita, ushbu vosita 
odamlarga foydali shaxs tariqasida namoyon bo‘lish, o‘z imkoniyatini ruyobga 
chiqarish. Ezgu niyatini o‘xshatishga intilish funksiyasini bajarishi mumkin. Turtki, 
undovchi usul vazifasini bajaruvchi qo‘zg‘atuvchi yosh xususiyatlari davriga qarab u 
yoki bu darajada aks etadi, ammo ular har doim ham anglashilgan shaklga ega 
emas, shuning uchun ifodalanish darajasi nursizdir. O‘smirlik va o‘spirinlik 
davrlarida ijtimoiy motivlar anglashinilgan ahamiyat kasb etuvchi bosqichga o‘sib 
o‘tadi. Bunday motivatsiyani har tomonlama qo‘llab - quvvatlash, rag‘batlantirish bilan 
birga va har davrning o‘zida bilishga qiziqishga aloqador boshqa o‘quv faoliyati 
motivlarini shakllantirish lozim. 
Ijtimoiy motivlar o‘quvchi va talabalarning tor ma’nodagi shaxsiy intilishlari 
bilan ham aloqador bo‘lishi mumkin, jumladan, ularda o‘qishga nisbatan qiziqish 
yo‘q bo‘lsa-da, lekin barcha topshiriqlarni yuksak darajada bajaradi, chunki 
o‘qituvchi ularni “a’lo” baholashi, sinf yoki kurs peshqadami qilib tayinlashi, hech 
qanday shubha bilan qaramasligi ehtimol o‘quv jarayoni bunday xususiyatli 
odamlarga shaxsiy muvaffaqiyat yoki yutuqqa erishishning, nufuz (obro‘ - 
e’tibor)ning birdan - bir yo‘li, deb tasavvur qilinadi. Bunday yo‘lni tanlash vijdonga 
xilof xatti - harakatlarga olib boradi, shaxsni shakllanish jarayoniga salbiy ta’sir 
etadi. Shu boisdan ijtimoiy deb qabul qilingan motivlar jamoa ehtiyojini qamrab 
oladi, goho ular shaxsiyatparastlik, tor saviyali shaxs xususiyatini mujassamlashtiradi.
Ularning hayotida o‘z tengdoshlari va do‘stlari bilan muomalaga kirishish, 
do‘stlikka sodiqlik, bergan va’dasi (so‘zi)ni uddasidan chiqish, hamkor bo‘lish ehtiyoji 
muhim o‘rin egallaydi. O‘qituvchi mashg‘ulotlarda o‘quv faoliyatining zarur 
motivatsiyasini shakllantirsa, ularning mavjud ehtiyojlariga tayanib ish tutsa, 
o‘quvchida bilishga qiziqish barqarorlashadi. 
Shuning uchun qiziqish, motiv, motivatsiya shaxsning xatti - harakati ichki 
regulyasiyasi funksiyasini bajarib, ehtiyojni qondirish, xohish - istak, ezgu niyat, 
orzu tilakni amaliyotda ruyobga chiqarishning bosh omili bo‘lib hisoblanadi. Motiv va 
motivatsiya faqat bilimlarni o‘zlashtirish, o‘quv ko‘nikmalar va malakalarni egallash 


42 
bilan cheklanib qolmasdan, balki shaxsning xulq - atvori, ya’ni shaxsga oid 
xususiyatlarning namoyon bo‘lishini ham izohlashga xizmat qiladi. 
Maktab o‘quvchilarining, kasb - hunar kollejlarining tegishli kasb - hunar 
tanlashlariga quyidagi omillar ta’sir qilishini xulosa qilib berish mumkin: o‘qituvchi, 
kasb - hunarga yo‘naltiruvchi, sinf rahbari, mahalla, mehnat ta’limi o‘qituvchisi, 
fan o‘qituvchilari, bolalar yetakchisi, to‘garak rahbarlari, kutubxona, xududiy 
mehnat bozori, psixolog, defektolog, shifokor, ota - onalar, qarindosh - urug‘lar, 
qo‘ni - qo‘shnilar, ideal qahramon obrazlari, tengdoshlar, ommaviy axborot 
vositalari, yaqin korxonalar va hokazolar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin