Kimyo. Masala va mashqlar to



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə58/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

12.4. KOMPLEKS BIRIKMALAR
Kompleks birikmalar kristall holida ham eritmada ham mustaqil mavjud bo‘la oladigan oddiyroq zarralardan tuzilgan murakkab tuzilmalardir. Masalan, K2[HgJ4] kompleks birikma bo‘lib, u Hg2+ va KJ dan hosil bo‘ladi:
Hg2++4KJK2[HgJ4]+2K+.
Kompleks birikmalarning tuzilishi haqida 1893 yilda Verner tomonidan olg‘a surilgan koordinatsion nazariyaga ko‘ra kompleks birikma ichki va tashqi sferalardan iborat bo‘lib, ichki sferaga kompleks hosil qiluvchi markaziy atom va zaryadlangan yoki neytral ligandlar kiradi. Ular kompleks hosil qiluvchiga tortilgan bo‘ladi. Ichki sfera musbat yoki manfiy zaryadlangan bo‘lishi mumkin. Masalan, K4[Fe(CN)6] kompleks birikmada K+ tashqi sferani, [Fe(CN)6]4- ichki sferani tashkil etadi. Ichki sferadagi Fe markaziy atom, CN  ligand, 6  koordinatsion son. Koordinatsion son markaziy atomning tabiatiga mos ravishda 2, 4, 6 va 8 bo‘lishi mumkin.
Kompleks ionning zaryadi markaziy atom va ligand zaryadlarining arifmetik yig‘indisi bo‘yicha aniqlanadi.
Ichki sferada bitta yoki bir nechta markaziy atom bo‘lishi mumkin. Agar ichki sferada bitta markaziy atom bo‘lsa, kompleks bir yadroli, ikkita va undan ortiq markaziy atomlar bo‘lsa, poliyadroli komplekslar haqida gapiriladi. Ligandlar markaziy atom bilan -, (,)- yoki faqat - bog‘lanishlar bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Markaziy atom bilan shakllanadigan - yoki (,)- bog‘lanishlarning soni ligandning dentantligini (denta  tish) belgilaydi. Masalan,
va
komplekslar qarab chiqilsa, birinchi kompleksdagi ligand (NH3) monodentant bo‘lib, ikkinchi kompleksdagi ligand (NH2CH2OCO) bidentantdir.
Kompleks birikmalarni nomlashda undagi ichki sfera (kompleks ion) ning zaryadiga asosiy e'tibor qaratiladi. O'zbek tili qoidalariga ko‘ra oldin musbat zaryadli ion, so‘ngra manfiy zaryadli ion aytiladi. Masalan, K4[Fe(CN)6] kompleksini olsak, u kaliy geksatsianoferrat (II) deb nomlanadi. [Cu(NH3)4]SO4 kompleksi Mis (II) tetraammin sulfat deb ataladi. Ayrim komplekslarda ligand ko‘p atomli bo‘lsa va bu atomlarning har biri muayyan sharoitda bog‘lanishda qatnashsa, bundan ligand ambidentant ligand deb ataladi. Bunday ligandli komplekslar nomlanganda qaysi atom orqali bog‘lanish mavjudligi ma'lum bo‘lsa, shu atom ko‘rsatiladi. Masalan, [Co(NCS)4]2- va [Hg(SCN)4]2- kompleks ionlar berilgan bo‘lsa, ulardan birinchi tetrakis(tiotsianato-N) kobaltat (II), ikkinchisi tetrakis(tiotsianato-S) merkurat (II) deb nomlanadi. NO2- ligandi ambidentant bo'lib, u NO2 holatida nitro-, ONO holatida esa nitrito-ligand deb ataladi.
12.34. Quyidagi kompleks ionlardagi markaziy atomning oksidlanish darajasini aniqlang: [PtCl4]2-; [Co(NO2)6]3-; [Fe(CN)6]4-; [Cu(NH3)4]2+; [AlF6]3-; [Fe(CN)6]3-; [Fe(CNS)6]3-. (Javob: +2, +3, +2, +2, +3, +3, +3).
12.35. Quyida keltirilgan kompleks birikmalarni nomlang: a) K2[PtCl4]; b) Na3[Co(NO2)6]; c) K4[Fe(CN)6]; d) [Cu(NH3)4]Cl2; e) Na3[AlF6]; f) K3[Fe(CN)6]; g) (NH4)3[Fe(CNS)6]. (Javob: a kaliy tetraxloroplatinat(II), b natriy geksanitritokobaltat(III), c kaliy geksatsianoferrat(II), d mis (II) tetraammin xlorid, e natriy geksaftoroalyuminat, f kaliy geksatsianoferrat(III), g ammoniy geksarodanoferrat(III)).
12.36. Quyida nomlari keltirilgan kompleks birikmalarning formulalarini yozing: a) natriy geksaftorovanadat (V), b) natriy tetratiostannat(IV), c) temir (II) geksatsiano-N-ferrat (III), d) kaliy geksaftoromolibdat (III). (Javob: a Na[VF6], b Na4[SnS4], c Fe3[Fe(NC)6]2, dK3[MoF6]).



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin