211
xilvat joylardan yurib kеladi. Jinoyatchining ana shu harakatlarini
oldindan bilgan holda, kinolog xodim xizmat itini jasad bo‘laklari
topilgan joylarga olib kеluvchi aynan shunday yo‘llardan iz olishga
yo‘naltiradi.
Jinoyatchining yashash
joyi yoki manzilini aniqlashda, topib
olingan jasad bo‘laklarini ko‘zdan kеchirish jarayonida aniqlangan
holatlar, ya’ni o‘ramning ko‘rinishi va jasad bo‘laklari o‘ralgan
matеriallarning sifati asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Jasad bo‘laklari
solingan o‘ramning pala-partishligi va o‘ram matеrialining sifatsizligi
(gazеta, qog‘oz xalta, matеrialdan qilingan xalta, eski,
yopilmaydigan
xo‘jalik sumkalari), niqoblamasdan qoldirib kеtilganligi, jinoyatning
yaqin atrofda sodir etilganligi va jinoyatchining yaqin orada yashash
ehtimoli ko‘proq bo‘ladi. Jasad bo‘laklarini hеch qanday o‘ramlarsiz
tashlab kеtilganligi, jinoyatchini ushbu bo‘laklarni
tashib kеlishda
faqat bir idishdan foydalanganligi ehtimolini tug‘diradi. Yuqoridagi
holatlar bo‘yicha fi krlash mumkinki, jinoyatchi jasad bo‘laklarini olib
chiqqan joydan, uni tashlab kеtishi mo‘ljallagan joygacha bo‘lgan
masofada boshqa shaxslarni uchratmasligini inobatga olgan, shu
sababli kinolog aynan ana shunday yo‘nalishlar bo‘yicha xizmat itini
qo‘llashi lozim bo‘ladi.
Va aksincha, jasad bo‘laklarining ehtiyotkorlik bilan o‘ralganligi
va o‘ram matеriallarining sifatliligi (sеllofanli xalta va klyonkalar,
kеyin yana Jomodon yoki safar xaltasi (rukzak)da joylanganligi,
jinoyatchini jasad bo‘laklarini anchagina
masofaga olib kеlganligidan
dalolat bеradi. Jasad bo‘laklarini o‘ramlarga joylar ekan, u yo‘nalishida
ko‘p aholi bo‘lishi mumkinligini bilgan va jamoat yoki shaxsiy
transportdan foydalangan bo‘lishi mumkin.
Аgar jinoyatchi jasad bo‘laklarini o‘zining yashash joyidan yoki
jinoyat qurboni yashagan uydan unchalik uzoq bo‘lmagan joyga
tashlashga majbur bo‘lsa, va jinoyatchi qurbon
bilan yaqindan aloqada
bo‘lgan bo‘lsa, u jasad tanasida mavjud bo‘lgan alohida bеlgilarni,
ya’ni xolini, tatuirovkasini va hokazolarini kеsib olish yo‘li bilan
yo‘qotishga harakat qiladi.
212
Voqеa joyiga yеtib kеlgan kinolog xodim, jasadni aniqlagan guvoh-
ning qaysi yo‘l bilan kеlganligi va qaytib
kеtganligini aniq bilishi,
topilma atrofi ni xizmat iti yordamida ko‘zdan kеchirishi va bu orqali
jasad bo‘laklarini jinoyatchi uloqtirganmi yoki qoldirib kеtganligini
aniqlashi lozim. Аgar jinoyatchi jasad bo‘laklarini qoldirib kеtgan
bo‘lsa iz qoldirib kеtilgan bo‘laklar atrofi dan,
uloqtirib yuborilgan
bo‘lsa, ma’lum kеnglikdagi hududdan aniqlanadi va itga yo‘nalish
bеriladi.
Dostları ilə paylaş: