Kirish I. Bob. Sifat- so’z turkumi va uning tavsifi



Yüklə 115,65 Kb.
səhifə12/13
tarix19.12.2023
ölçüsü115,65 Kb.
#185104
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Abdisharipova Sevara 1

NATIJALAR VA MUHOKAMA
Sifatni o‘rgatishda yana rangli rasmlardan foydalanish juda katta samara beradi. Rasm bolalar sezgisiga ta'sir etib, uning hayot tajribasida hali uchramagan tomonlarini ochadi, ularga tanish bo‘lgan hodisalarni chuqur anglashga ham yordam beradi.Masalan, tabiat tasvirlangan rangli rasm o‘quvchilar diqqatiga havola etilib, quyidagi:
l.Rasmda rassom qaysi ranglardan foydalangan? Daftaringizga ranglar deb ikki nuqta qo‘ying va ranglarni ifodalovchi so‘zlarni yozing
2.Osmon qanday tasvirlangan? Uni tasvirlovchi so‘zlarni “osmon” so‘zi bilan birga qo‘llab yozing.
3.Tog‘ qanday tasvirlangan? Uni tasvirlovchi so‘zlarni “tog‘” so‘zi bilan birga qo‘llab yozing.
4.Rasmda qaysi hayvonni ko‘ryapsiz? Hayvonning sifatlarini uning nomi bilan birga yozing.
5.Daraxtlarni kuzating. Unda nimani sezyapsiz? Shamolning xususiyatiarini qaysi so‘zlar bilan ifodalash mumkin? kabi topshiriqlar berilsa, bolalar ko‘rsatilgan rasmlar asosida sifatlar to‘plamini yaratadi.
Masalan:
1-topshiriq asosida o‘quvchilar quyidagi sifatlar to‘plamini yaratishi mumkin. Ranglar: oppoq, ko‘k, ko‘m-ko‘k, jigar rang, sariq, sap-sariq, qizg‘ish, qora, yashil.
2- topshiriq asosida esa: tiniq osmon, bulutli osmon, ko‘m-kok osmon, musaffo osmon, qora bulutli osmon, oq bulutli osmon, tinch osmon.
3- topshiriq: baland tog‘, qorli tog‘, archali tog‘, qoyali tog‘, qorsiz tog‘, cho‘qqili tog‘.
4- topshiriq: yirtqich ayiq, qo‘ng‘ir ayiq, beso‘naqay ayiq, oq ayiq, beozor ayiq, masxaraboz ayiq va nihoyat,
5- topshiriq asosida: yoqimli shamol, sovuq shamol, qattiq shamol, mayin shamol, iliq shamol, tonggi shamol, kechki shamol, tog‘ shamoli.
Bir so‘z asosida bir necha sifatli birikmalar tuzdirish o‘quvchilar so‘z boyligining qay darajada ekanligini ko‘rsatib beradi.Ular tuzgan birikmalar asosida “Sifat - so‘z turkumi” tushuntiriladi:
– Rasm asosida to‘plagan rang bildiruvchi so‘zlarni qanday so‘zlar degan edik?
– Osmon, tog‘, shamol, ayiq so‘zlari qaysi turkumga kiradi?
– Shu so‘zlar orqali oldingi so‘zlarga so‘roq bering. Ular 1-2- sinflarda qanday so‘zlar deb o‘rganilgan?
– Belgi bildirgan so‘zlarni bir so‘z bilan nima deb nomlash mumkin?
Bu savollar o‘quvchilarni muammoli vaziyatga soladi va ularda muammoni hal qilishga qiziqish uyg‘otadi va intilishni yuzaga keltiradi.Asosiysi, o‘quvchilar mustaqil va amaliy izlanadilar. Til birliklarini o‘zlari qidiradilar, topadilar va o‘zlashtiradilar.Natijada, “Sifatlar nimaning belgisini bildiradi? Ular qaysi so‘zlar bilan bog‘lanib keladi?” kabi savollarga bemalol javob beradilar.Ular tushunchalarini yanada aniqiash maqsadida ta'limiy o‘yinlar tashkil qilinadi.


XULOSA
O‘quvchilar matn yaratishga bosqichma-bosqich: so‘z ustida ishlash, gap va uning mantiqiy bog‘lanishi ustida ishlash, og‘zaki hikoya tuzish va uni yozma shakllantirish tarzida maxsus tayyorlab boriladi.Shunday qilib, muammoli o‘qitishning vazifasi o‘quvchilar tomonidan bilimlarni puxta o‘zlashtirish va aqliy hamda amaliy, mustaqil faoliyatlarini samarali bo‘lishiga hamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo‘llash malakasini shakllantirishdan iborat.

Bu bobda 3- sinf o‘quvchilariga shakl ko‘rinish sifatlari yuzasidan ma‘lumot berilagan shakl bildiruvchi sifatlar so‘roqlari va ularga misollar keltieib o‘rgatilgan. Sifat so‘z turkumini o‘rgatishda o‘quvchilarga turli xil interfaol metodlarni o‘rgatish tushuntirib o‘tilgan. O‘quvchilarda aifqt sopz turkumini o‘rgatishdagi muammoli vaziyatlar ularning sabablari va yechimlari ham ko‘rsatib o‘tilgan


Boshlang'ich sinflarda "Sifat" mavzusini o'rgatish jarayonida o'qituvchi katta malakaga, mahoratga va tajribaga ega bo'lmog'i lozim. Uning har bir darsi bir sahnaviy asarga o'xshashi, bu orqali o'quvchilar qalbiga sezilarli ta'sir o'tkaza olishi kerak. Toki, o'quvchi dars tugasa ham, shu o'qituchining darsini intiqib kutadigan bo'lsin.Umuman, boshlang'ich sinflarda "Sifat" mavzusini o'rgatish jarayonida shu darslikdagi “Sifat” mavzusi bilan yaqindan tanishtirish jarayonida mazkur mavzuga bo'lgan ularning qiziqishlarini orttirishgaerishilishi lozim bo'ladi. Buning uchun har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi pedagogik mahoratga ega bo'lgan holda ta'lim jarayoniga kirib kelayotgan yangiliklardan boxabar bo'lishi, ularni dars jarayonida bolalarning yoshi va xarakter xususyaitlarini e'tiborga olgan holda qo'llay bilishi lozim bo'ladi.



Yüklə 115,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin