Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə31/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65
амалиёт

Effuziv tog’ jinslari. Sienitlarning effuziv o'xshashi traxit (kaynotip) va traxit-porfir (paleotip) dir. Traxit -porfir, ayrim hollarda afir strukturali, och kulrang, qizg'ish tog’ jinsi. Porfirlar shaffof sanidin, plagioklaz va ozroq rangli minerallar (shoh aldamchisi, biotit, piroksen) dan tashqil topgan. Traxitni tashqi ko'rinishi liparitga o'xshash bo'lib, undan porfirlarda kvars yo'qligi bilan farq qiladi. Tog’ jinsining asosiy massasi porfir strukturali bo'lib, unga sanidin va plagioklaz mikrolitlarining oq imsimon joylanishi xosdir. Asosiy massada kamdan-kam vulqon shishasi uchraydi.
Traxit- porfir ikkilamchi jarayonlar bilan o'zgargan bo'lib, porfirlar ko'proq ortoklazdan tashqil topganligi bilan traxitdan farq qiladi.


ASOS MAGMATIC JINSLAR
Gabbro guruhi
Asosli jinslarning effuziv turlari keng tarqalgan bo'lib, ular qolgan hamma effuziv jinslardan to'rt martaba ko'pdir. Gabbro -bazalt guruhining gipabissal turlari abissal turlariga nisbatan ko'proq rivojlangan. Ular o'ta asos jinslar bilan birga hamma intuzv jinslar yer yo’zida tarqalgan maydonining 2 foizini tashqil qiladi.
Abissal tog’ jinslari. Gabbro teng, o'rta va katta donali jins bo'lib, asosan plagioklaz va piroksendan tashqil topgan. Ikkinchi darajali minerallar olivin, shoh aldamchisi va biotitdan, aksessor minerallar magnetit, ilmenit, apatitdan iborat bo'lib, ahyon-ahyonda pirrotin, xromit va pikotit uchraydi. Normal gabbroning tarkibida 35-70 foiz piroksen bo'lib, leykokratli gabbroda uning miqdori 15-35 foizgacha kamayib, melanokratli turida esa 70-85 foizgacha ortib boradi.
Olivin va plagioklaz (labrador,biotovnit) tarkibli jins troktolit deb nomlanadi.
Effuziv tog’ jinslari. Asos tarkibli Intruziv jinslarning effuziv ekvivalentini bazalt (kaynotip), bazalt-porfirit va s p i l i t (paleotip) tashqil qiladi. Bazalt qora rangli, benihoya zich va nihoyatda kichik kristalli afanit tog’ jinsi va ayrim hollarda esa porfir tuzilishiga ega. Porfir strukturali jinslarda porfirlar avgit, plagioklaz (bitovnit), kamroq olivin, giperstan va ba’zan shoh aldamchisidan tashqil topgan. Avgitning yirik donalari idiomorf, qisqa prizma holida uchraydi. Bazaltning asosiy massasi bir xil miqdordagi plagioklazning (bitovnit) mikrolitlari va avgitdan tashqil topgan bo'lib, yana magnetitning ko'pgina mayda donachalari ham uchraydi. Qora, qo'ng'ir vulqon shishasi asosiy massaning oddiy qo'shimchalaridir. Tog’ jinsi bir tekis teksturali, bo'lib, kamroq g'ovaksimon va bodomsimon ko'rinishga ega. G'ovaklar shakli yumaloq , ayrim hollarda uzunchoq va naychasimon. Ko'pincha ular ikkilamchi minerallar bilan to'ldirilgan bo'ladi.
Spilit yashil, kulrang afanit tog’ jinsi bo'lib, lavaning suv ostida oq ib chiqishidan hosil bo'lgan bazalt porfiritning o'ziga xos turidir. U ko'pincha sharsimon ko'rinishga ega. Spilit tartibsiz yoki radial-nursimon joylashgan albitning (№ 5-10) mikrolitlari, tarqoq joylashgan magnetit donalari va mayda avgit kristallaridan tashqil topgan. Ular har xil darajada ikkilamchi minerallar (xlorit, epidot, kalsit) bilan o'rin almashinadi. Tog’ jinsining tarkibidagi vulqon shishasi o'zgarib, uning o'rnida xlorit rivojlanadi. Spilit xlorit, kalsit, xalsedon, kvars bilan to'ldirilgan mindallari bilan ajralib turadi.



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin