Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


-rasm. Universitet kuchsiz taraflari, ko‘ngilli ishtirokchilar fikrlari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə21/32
tarix19.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#132829
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
m dissertatsiya

2.2-rasm. Universitet kuchsiz taraflari, ko‘ngilli ishtirokchilar fikrlari73

So‘rovnomada ishtirok etgan talabalarning deyarli 50% dan ko‘pi aynan muloqotning yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligini universitetning kuchsiz tomoni deya talqin etgan. Aynan bu kabi fikrlar nafaqat talabalar o‘rtasida aniqlandi balki, o‘qituvchilarda va hattoki bo‘limlarda faoliyat yurituvchi hodimlarda ham bu kabi fikr borligi qoniqarli holat emas. Bunga dalil sifatida Kendall nutahassis fikrlari muvofiqligi tahlilini keltirish mumkin, sabab aynan 1 va 5- raqamli ishtirokchilar, Termiz davlat universiteti hodimlari va Termiz davlat universiteti PhD darajali o‘qituvchilardir. Aynan ushbu ishtirokchilarimiz ham universitet faoliyatining hamma jabhalariga ham qoniqarli baho berishmagan.


Marketing tadqiqiqotlarining ajralmas qismi bu biror bir mahsulotni tanlashda yoki xizmat ko‘rsatuvchini tanlashda mijoz aynan nimalarga e’tibor berishini aniqlashdir. Bu har qanaqa xizmat ko‘rsatuvchi yoki ishlab chiqaruvchi uchun ham juda muhim jarayondir. Aynan bu yo‘nalishda ham talabalar fikri aniqlandi. Talabalarga tanlash uchun 7 ta javob variantlari taqdim etilgan.

  1. Kirish onsonligi

  2. Shartnoma to‘lovi arzonligi

  3. Universitet reytingi

  4. Yashash hududida joylashganligi

  5. Bilim berish darajasi yuqoriligi

  6. O‘qituvchilar malakasi yuqoriligi

  7. Siz istagan kasbga oid ta’lim beruvchi fakultetning mavjudligi

So‘rovnomada ishtirok etgan talabalarning 43% oliygohning aynan yashash hududida joylashganligi uchun Termiz davlat universitetini tanlashganini belgilashgan. Natijalarda keltirilgan yana bir katta va sezilarli natija ko‘rsatkichi 7- sonli javob ko‘rsatkichidir, ya’ni talabalar istagan kasbga oid ta’lim beruvchi fakultetning mavjudligiga to‘g’ri kelmoqda. Albatta, aynan mana shu taraflama Termiz davlat universiteti Surxondaryo viloyatida sezilarli ko‘rsatkichga ega. Bundan oldingi tahlillarimizda bu haqda to‘liq ma’lumot berib o‘tildi.




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin