93-mashq.Matnni o'qing. So'roq gaplarni topib, ifodalanish usullarini tushuntirib bering. Sobir buvajonini o'zining kutilmagan, ba'zan esa qiyin savol bilan ajablantirib, hatto
shoshirib ham qo'yardi. Bir kuni buvasining yelkasida bog'chaga ketayotgan Sobir, o'zim
yuraman, deb yerga tushdi. Chopqillayman deb qoqilaverdi. Shunda buvasi:
-Ko'zingga qarab yur, bo'tam, - degandi, Sobir:
-Ko'zimga nima bilan qarayman, - deb buvasini kuldirdi.
Boshqa safar u buvasidan so'rab qoldi:
-Aql nimada, buvajon!
-Aql ...-Nodir buva o'ylabolib,dedi:-Bu-es-hush. Miyada bo'ladi
-Miyada bo'lsa, uni qanaqa qilib yeb bo`ladi?
-Kimdan eshitding buni?
-Oyim aytdi-ku: «Aqlingni yeb qo'yibsan!» deb.
Bu ham Nodir buvaning soqolini selkillatib kulishiga sabab bo'ldi. (Hakim Nazir)