Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə76/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#185731
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respubli-fayllar.org

V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga topshiriq. 88-mashq. Birorta badiiy asardan kirish so'zli gaplarga misollar toping. Ularni izohlang.
Ko’rib chiqildi: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili

5-“A” “B” -sinf


Sana:__________________________
Mavzu: Qo`shma gaplar
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: qo`shma gaplar haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o’quvchilarda ota-onaga bo’lgan hurmatni shakllantirish – bolani har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini va og’zaki nutqini o’stirish, mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob, „Aqliy hujum“, „To’g’risini top“, „Mendan bugina, sendan ugina“ metodik o‘yinlari
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r
Darsning blok sxemasi




Dars etaplari


Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

3

2

Takrorlash


7

3

Yangi mavzu bayoni


15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash


15

5

O`quvchilarni baholash


3

6

Uyga vazifa


2

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) guruhlash;
3) navbatchi hisoboti; 6) uyga vazifa.
II.O`tilganlarni takrorlash. “Aqliy hujum” metodi orqali guruhlarga savollar beriladi.
1.Qaysi hollarda undalmalardan so'ng undov belgisidan foydalanamiz? Undalmalar gapning o'rtasida kelganda qanday tinish belgisi ishlatiladi?
2.Kirish so'zlar deganda nimani tushunasiz?
3.Kirish so'zlar so'zlovchining fikriga qanday ma'nolarni qo'shadi'
4.Kirish so'zlar yozuvda qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
5.Kirish so'zlarning gapdagi o'rni haqida gapiring.
6.Kirish so'zlarda qanday tinish belgisi ishlatilishini ayting
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq.Quyida berilgan sodda gaplarni bir-biriga bog`lab gap tuzing. Sodda gaplarni qanday vositalar yordamida bog`laganingizni ayting.
Qo`ng`iroq chalindi, dars boshlandi.
2-topshiriq. Ikkita sodda gap tuzib , va bog`lovchisi yordamida bir-biriga bog`lang.
Ikki va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan hosil bo`lgangap qo`shma gap hisoblanadi. Qo`shma gapni tashkil etgan sodda gaplar bir-biri bilan va ammo, lekin, chunki, negaki kabi bog`lovchilarhamda ohang yordamida bog`lanadi.
Yozuvda ammo, lekin, biroq, chunki, negaki bog`lovchilaridan oldin vergul qoy`iladi. Ohang yordamida bog`langan sodda gaplar ham bir-biridan vergu yoki tire bilan ajratiladi. Masalan : Biz baxtiyormiz , chunki yurtimiz ozod. Yurt-tinch- sen tinch.
189-mashq. Sodda gaplarni o'rniga qo'yib, qo'shma gaplar hosil qiling.
1. Do'sting mingta bo'lsa ham oz, yomon bilan yursang, qolarsan uyatga. 2. Kuz keldi, aqlsiz tushiga ishonadi. 3. Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga, dushmaning bitta bo'lsa ham ko'p. 4. Aqlli ishiga ishonadi va mevalar g'arq pishdi.
190-mashq. O'yinimiz «Sendan ugina, mendan bugina» nomlanadi. Ikki guruhga bo'lining. Birinchi guruh tomonidan sodda gapga ikkinchi guruh shunday sodda gap aytsinki, ikkalasini qo'shib qo'shma gap hosil qilish mumkin bo'lsin.





Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin