Gaplarning tuzilishiga(kesimning ishtirokiga) ko’ra turlari Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va qo’shma gaplarga ajratishga asos bo’ladi. Agar kesim bitta bo'lsa u gap sodda, kesimlar soni ikkita yoki undan ortiq bo'lsa qo'shma gaplardir.
Gaplar tuzilishiga ko'ra ikki turli bo'ladi: 1. Sodda gap. 2. Qo'shma gap.
1. Sodda gap. Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo’lgan gap
sodda gap deyiladi: Iroda darsga kech qoldi. U bir oy ham chiday olmadi . Agar kesim uyushgan bo’lsa ham sodda gap hisoblanadi:
Siz a’lochi va jamoatchisiz—sodda gap. Siz alochisiz va jamoatchisiz—qo’shma gap. (bunda kesim tarkibidagi -siz bog’lamasi har ikkala so’zda alohida kelgani uchun u qo’shma gap bo’lib qoladi) 2. Qo’shma gap. Ikki yoki undan ortiq sodda gapning o’zaro grammatik va mazmuniy
munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo’lgan butunlik qo’shma gap
sanaladi.
Bahor keldi va gullar ochildi. Eshik ochildi, lekin hech kim kirmadi. Qismlarning qanday bog’lovchi vositalar yoprdamida bog’lanishiga ko’ra qo’shma gaplar uch guruhga bo’linadi: Bog’langan qo’shma gaplar.
Qismlari a) teng bog’lovchilar, b)bo’lsa, esa so’zlari yordamida bog’langan gaplar bog’langan qo’shma gaplar deyiladi.
Eshik ochildi va o'qituvchi kirib keldi.
Men unga ishondim, lekin u ishonchimni oqlamadi.
Bugun na qor yog'di, na yomg'ir yog'di.
Men seni o'qishga kirishingni xohlayman, sen bo'lsa ko'p uxlaysan
Sarbon shunday dedi-da, quchog’ini ochib Abu Bakr tomon kela boshladi
Bog'langan qo'shma gaplarda har ikkala gap ham bosh gap hisoblanadi:
Teg boglovchi vositasida bog’langan qo’shma gaplar quyidagi tularga bo’linadi
Biriktiruv bog’lovchili BQG. Biriktiruv bog’lovchisi (va, hamda, ham, ham…ham kabilar) qo’shma gapning payt, sabab-natija munosabatlarida bo’lgan qismlarini bog’lab keladi. Qismalari o’rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo’shma gaplarda ikkinchi qism oldidan natijada so’zini qo’yish mumkin bo’ladi: Anor so’zlar va (natijada) Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar.
Zidlov bog’lovchili BQG. Zidlov bog’lovchilari – ammo, lekin, biroq, balki. Zidlov bog’lovchilari bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog’lovchilari qo’shma gapning ikkinchi qismi boshida qo’llanadi va gap qismlari vergul bilan ajratiladi.
Eslatma! -u, -yu, -da yuklamalari bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida zidlash, ketma-ketlik munosabati mavjudligini ham bildiradi. Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog’lovchisi va bu vazifada qo’llangan –u, -yu yuklamasi birga ishlatiladi.
Kechasi qor yog’di-yu, ammo havo unchalik sovimadi. Men uni hurmat qilardim, lekin u meni oyoqosti qildi. Ayiruv bog’lovchili BQG. Ayiruv bog’lovchilari: yo, yoki, yo…yo, goh…goh, xoh…xoh, dam…dam. Ayiruv bog’lovchilari qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ularda ifodalangan voqea-hodisalarning galma-gal ro’y berishini yoki ularning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi. Yo (yoki) bog’lovchisi yolg’iz holda ham, takror holda ham qo’llanishi mumkin. Qolgan ayiruv bog’lovchilari takror holda qo’llaniladi va yozuvda takror qo’llanayotgan bog’lovchidan oldin vergul qo’yiladi.
Eslatma! yoki, yo bog'lovchilari harakatni biri amalga oshib ikkinchisi amalga oshmasligini bildiradi. Bir…bir, goh…goh kabi bog'lovchilar esa galma-gallikni ifodalaydi.
Yo sen kel, yo men borayin. Goh ishongim keladi, goh barchasidan voz kechgim keladi. Bir unga gapiradi, bir menga gapiradi. Inkor boglovchili BQG. Inkor bog’lovchisi na…na. inkor mazmundagi qo’shma gaplarni ifodalab keladi:
Na kitob olomadik, na daftar olomadik
Bo’lsa, esa so’zlari bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga, ular o’rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi va bo’lsa, esa so’zlari qiyoslanuvchi bo’lakdan keyin keladi.
Tovus o’zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o’zining sharaf-u shonini saqlaydi. Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak. Bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gaplar.
Tarkibida sodda gaplar mazmunan bir-biri bilan bog’liq bo’lib, maxsus bog’lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog’langan qo’shma gaplar bog’lovchisiz qo’shma gaplar sanaladi.
Tahlilda bog’lovchisiz qo’shma gaplar bir-biri bilan tog’ri chiziq bilan bog’langan ikki
to’rtburchak orqali ifodalanadi. Bu bog’lovchisiz qo’shma gap qolipi sanaladi.
Eshik ochildi, o'qituvchi kirib keldi.
U menga mishkani otdi, men indamadim.
Yuragida qanday dard bor - mana bu menga sir.
Eslatma! Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlarini yozuvda ajratish uchun vergul, tire, ikki nuqta,
nuqtali vergul kabi tinish belgilari ishlatiladi.