Kompleks birikmalar kimyosi fani


Koordinatsion birikma hosil qiluvchilar



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/44
tarix17.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#115398
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
kompleks birikmalar kimyosi

Koordinatsion birikma hosil qiluvchilar
va ligandlar. 
 
 
 
U yoki bu elementning koordinatsion birikma hosil qilish qobilyati о‘sha element 
atomining sirtqi elektron qavati tuzilishiga va uning davriy sistemadagi о‘rniga bog‘liq bо‘lib, 
koordinatsion birikma hosil qiluvchilar jumlasiga asosan sirtqi qavatda yetarli darajada bо‘sh 
orbitallari bо‘lgan metall ionlar kiradi. Koordinatsion birikma hosil qiluvchi zarracha elektron 
juftining akseptori vazifasini bajaradi. Agar markaziy atom kimyoviy bog‘lanishda о‘zining bо‘sh 
s- orbitallari bilan ishtirok etsa, bu holda faqat σ (sigma) – bog‘lanish, agar bо‘sh r – orbitallar ham 
qatnashsa, σ- va π- bog‘lanishlar yuzaga keladi (u r-, d- yoki f – orbitallari bilan ishtirok etganida 
ham σ- va π- bog‘lanishlar kelib chiqadi). 
Koordinatsion birikma xillari. 
 
Biz koordinatsion birikmalarni kation, anion va neytral koordinatsion birikmalar deb 
uch sinfga bо‘lgan edik. Lekin Verner nazariyasi yaratilgan davrda barcha koordinatsion birikmalarni 
ularning hosil bо‘lish sxemasiga qarab quyidagi ikkita katta sinfga bо‘lingan : a) biriktirib olish 
mahsulotlari, b) singdirilish mahsulotlari. Masalan, agar BF3 ga HF qо‘shilsa, biriktirib olish 
mahsuloti hosil bо‘ladi : 
BF
3
+ HF → H [BF
4

Bu reaksiyada F
-
ioni ichki qavatda qoladi. Singdirilish mahsulotlari : mis xloridga 
ammiak qо‘shilganida mis bilan ikkita xlor orasiga 4NH
3
gо‘yo «pona» bо‘lib joylashadi : 
CuCl
2
+ 4NH
3
→ [Cu(NH)
3
] Cl
2
Reaksiya natijasida xlor ionlari mis ionidan uzoqlashib, koordinatsion birikmaning 
sirtqi sferasiga о‘tadi. 
Ba’zi koordinatsion birikmalar borki, ularni ham biriktirish, ham singdirilish 
mahsulotlari jumlasiga kiritish mumkin. Hozirgi vaqtda koordinatsion birikma tarkibidagi 
ligandlarning xillariga qarab barcha koordinatsion birikmalar quyidagi sinflarga ajratiladi : 
1. Aminat va ammiakatlar. Bular о‘zining ichki sferasida ammiak yoki boshqa 
organik aminlar bо‘lgan koordinatsion birikmalardir. Bu birikmalarda markaziy atom bilan ligandlar 
azot atomlari orqali bog‘langan bо‘ladi. Ammiak molekulasining har biri bittadan koordinatsion 
о‘rinni egallaydi. Shuning uchun ichki sferada bо‘ladigan ammiak molekulalar soni markaziy 
ionning koordinatsion soniga bog‘liq bо‘ladi. 
Mis, nikel, kobalt kabi elementlar juda barqaror ammiakatlar hosil qiladi. 


Organik aminlardan etilendiamin va piridin (S
5
H
5
N) juda kо‘p metallar bilan 
komplekslar hosil qildi. 
2. gidratlar va akvakomplekslar. Anoganik moddalarda suv molekulasi bilan birikib 
turg‘unligi turli bо‘lgan birikmalar hosil qilish hodisasi keng tarqalgan. Ichki va sirtqi qavatida suv 
molekulalari tutgan koordinatsion birikmalar g i d r a t l a r deb nomlangan. Agar suv molekulasi 
koordinatsion birikmalarda ligandlik vazifasini bajarsa, bunday birikmalarni a k v a – k o m p l ye k s 
l a r deb ataladi. Tuzlar gidratlarining kristall panjarasida suv molekulalari joylashib qoladi ; buning 
ikkita sababi bor : birinchisi – ion dipol tortilishi bо‘lib, ikkinchisi – mustahkam vodorod 
bog‘lanishning mavjudligidir. Suv molekulalari ba’zi kristallgidratlarda kristall panjara bо‘shlig‘ini 
tо‘latib, modda tuzilishini mustahkamlaydi ; aks holda, panjarada katta kation yoki anion borligi 
sababli kristall oson yemirilib ketadi. Masalan, FeSiF
6
· 6H
2
O va Na
2
XeO
6
· 8H
2
O barqaror 
kristallgidratlar jumlasiga kiradi, lekin FeSiF
6
va Na
4
XeO
4
suvsiz holda mavjud emas. Bunga sabab 
katta zaryadli anion (masalan, SiF
6
2- 
) bilan xuddi о‘zidek ikkinchi anion (masalan: yana SiF
6
2- 

orasidan itarilish kuchi yuzaga keladi; shuning uchun kristall panjara suv molekulalari bо‘lmagan 
sharoitda barqaror kristall panjara hosil bо‘lmaydi. Kristallgidrat tarkibidagi suv molekulalarining 
hammasi metall ionni qurshab olmagan hollarda ham, bu molekulalar vodorod bog‘lanish hosil 
bо‘lishida ishtirok etadi. Masalan, kristall holdagi mis (II) – sulfat pentagidratida (CuSO
4
· 5H
2
O) 
bitta mis atomiga 5 molekula suv tо‘g‘ri keladi, ulardan faqat 4 tasi metall atrofida 
koordinatsiyalangan, beshinchi suv molekulasi 2 ta vodorod bog‘lanish orqali 2 ta suv molekulasi 
bilan birikadi. 
Kо‘pchilik kristallgidratlarda uchraydigan suv molekulalarining soni 2, 4, 6, 7, 8, 10 
va 12 ga teng bо‘lgan hollar kо‘p uchrab turadi. Bu qatordan kо‘rinadiki kristallgidratlarda suv 
molekulalarining soni markaziy ionning koordinatsion soniga teng bо‘lavermaydi. 
Kristallgidrat yoki koordinatsion qavatga joylashgan suv molekulalarining qizdirishga 
munosabati turlicha, koordinatsion qavatdagi suv molekulalarining bug‘ holga о‘tishi uchun talab 
etiladigan temperatura gidratlangan holatdagi suv (105 – 115 

S) ga nisbatan yuqori temperaturani 
talab etadi. Birikmalardagi bunday suv molekulalari farqini kimyoning termoanaliz sohasi о‘rganadi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin