Kompyuter tarmoqlari



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə6/14
tarix21.10.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#158390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
15-18-Mavzu

«Shina» topologiyasi
«Shina» topologiyasi (ba'zi hollarda «umumiy shina» ham, deb ataladi) oʻz tashkiliy qismi bilan tarmoq kompyuter qurilmalarining bir turda boʻlishini va barcha abonentlar teng huquqliligini taqozo qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bilan uzata oladi, chunki aloqa yoʻli bitta. Aks holda, uzatilayotgan axborot ustma-ust boʻlishi natijasida oʻzgaradi (konflikt, kolliziya holatlari). Shunday qilib, bu turdagi axborot almashinuvi yarim dupleks rejimida amalga oshiriladi (hal duplex), almashinuv bir vaqtning oʻzida emas, navbat bilan ikki yoʻnalishda ham amalga oshiriladi. «Shina» topologiyasida markaziy abonent boʻlmagani uchun puxtaligi bois boshqa topologiyaga nisbatan yuqoridir. Markaziy kompyuter ishdan chiqqan holatda boshqarilayotgan sistema ham oʻz vazifasini bajarishdan toʻxtaydi. «Shina» tarmogʻiga yangi abonent qoʻshish ancha oddiydir va uni tarmoq ishlab turgan vaqtda ham qoʻshish mumkin. Boshqa topologiyadagi tarmoqlarga nisbatan «Shina»da eng kam uzunlikda kabellar ishlatiladi. Shuni hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikki chetdagi kompyuterdan tashqari) ikkitadan kabel ulanadi, bu esa har doim ham qulay emas. Mumkin boʻlgan konfliktlarni hal qilish har bir abonentning tarmoq qurilmasi zimmasiga tushadi. «Shina» topologiyasida tarmoq adapterining qurilmasi boshqa topologiyadagi adapter qurilmasiga nisbatan murakkabroqdir. Lekin, «Shina» topologiyasida mahalliy tarmoqlarning (Ethernet, Arcnet) keng tarqalganligi uchun tarmoq qurilmalarining narxi unchalik qimmat emas. «Shina» dagi kompyuterlarning biri ishdan chiqsa, tarmoqdagi qolgan kompyuterlar bemalol axborot almashinuvini davom ettirishi mumkin. Kabellarning uzilishi ham qoʻrqinchli emasdek tuyiladi, chunki biz uzilish boʻlganda, ikkita ishga layoqatli alohida shinaga ega boʻlamiz. Lekin elektr signallarning uzun aloqa yoʻlidan tarqalish xususiyatidan kelib chiqqan holda «Shina» oxirlariga maxsus moslashtirilgan qurilmalar, ya’ni terminator ulanishi lozim Terminatorsiz ulanganda signal aloqa yoʻlining oxiridan aks sado tarqaladi va surilish hosil boʻlishi natijasida tarmoqda aloqa amalga oshishi mumkin boʻlmay qoladi.
Shunday qilib, kabel shikast- langanda yoki uzilish hosil boʻlganda, aloqa yoʻlining moslashuvi buziladi va hattoki, oʻzaro ulangan kompyuterlar oʻrtasida ham axborot almashinuvi toʻxtaydi. «Shina» kabelining xohlagan qismida yuz bergan qisqa toʻqnashuv natijasida butun tarmoqning ish faoliyati toʻxtaydi. «Shina»dagi tarmoq qurilmalaridan birontasi buzilgan taqdirda, uni ajratib qoʻyish qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulanganligi sababli ularning qaysi biri ishdan chiqqanligini aniqlash oson emas. «Shina» topologiyali tarmoqning aloqa yoʻlidan axborot signallari oʻtish davomida soʻnish yuzaga keladi va u qayta tiklanmaydi, shuning uchun kabelning umumiy uzunligiga chegara qoʻyiladi. Bundan tashqari, abonent tarmoqdan turli amplitudali signal oladi, buning sababi axborot uzatayotgan kompyuter va axborot qabul qilayotgan kompyuterlar orasidagi masofaga bogʻliqdir. Bunday vaziyat tarmoqning axborotni qabul qilish qurilmalariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablarni oshiradi. «Shina» topologiyasida tarmoq uzunligini oshirish uchun koʻpincha bir necha segmentlar ishlatiladi (har bir segment alohida shinani tashkil qiladi), bu segmentlar oʻzaro maxsus signallarni tiklovchi qurilma—repiterlar yoki tak- rorlovchi qurilmalar orqali ulanadi. Lekin bu usulda tarmoqning uzunligini cheksiz oshirib boʻlmaydi, chunki aloqa yoʻlida signal tarqalish tezligining chegarasi mavjuddir.

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin