Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi o‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga



Yüklə 332,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix23.05.2023
ölçüsü332,58 Kb.
#120591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
qonunloyihasi

 
38-modda. Har bir shaxs dam olish huquqiga ega. 
Yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga, dam olish 
va bayram kunlari, haq to‘lanadigan har yilgi taʼtilga chiqish huquqiga ega. 


 
39-modda. Har bir shaxs qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, 
ishsizlikda, nogironlikda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda 
va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega. 
Davlat ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar 
yaratadi, davlat pensiyalarini, nafaqalarini va ijtimoiy yordamning boshqa turlarini 
belgilaydi. 
Pensiyalarning, nafaqalarning, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori 
rasman belgilab qo‘yilgan eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas. 
Davlat 
ijtimoiy 
jihatdan 
ehtiyojmand 
va 
kam 
taʼminlangan, 
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qonunda belgilangan 
tartibda uy-joy bilan taʼminlaydi. 
Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini amalga 
oshirish uchun zarur teng sharoitlarni yaratadi. 
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan har qanday ajratib qo‘yish, hisobga 
olmaslik, chetlatish, cheklash yoki ortiqcha yon bosish, shuningdek nogironligi 
bo‘lgan shaxslarning obyektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar 
yaratishdan bo‘yin tovlash taqiqlanadi. 
 
40-modda. Har kim sog‘lig‘ining muhofaza qilinishi va malakali tibbiy 
xizmatdan foydalanish huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan 
hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni ham o‘z ichiga oladigan kafolatlangan 
hajmini bepul olishga haqli. 
Davlat sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini 
rivojlantirish, 
sanitariya-epidemiologik 
osoyishtalikni 
taʼminlash, 
tibbiy 
sug‘urtaning turli shakllarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha 
zarur choralar ko‘radi. 
Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash
tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni 
amalga oshiradi. 
Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, 
uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar 
ko‘radi»; 
18) quyidagi mazmundagi 40

Yüklə 332,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin