ta`minoti sxemasi bilan tanishib chiqamiz: energotizimni 500 kV li, 380 kV li, 220
kV li, 110 kV li yuqori kuchlanishli tarmog’idan 35 kV li nimstantsiya orqali 35 kV
li ta`minlash liniyasi ketadi. Ularga 35/6…10 kV li rayon nimstantsiyalari ulanadi,
ulardan esa 6…10 kV li taqsimlovchi liniyalar ketadi. Bu liniyalarga 6…10/0,4 kV
li pasaytiruvchi nimstan- siyalar ulanadi. Qoida bo`yicha bunday nimstantsiyalar
iste’molchilarga yaqin joylarga o`r natiladi. Ulardan esa 380/220 V li past
kuchlanishli tarmoq orqali tarqatiladi. Iste’molchi-
larni elektr energiya bilan ta`minlash uchun manbaalari va uni sxemasi quyidagi
keltirilgan.
57-rasm: Iste’molchilarni energotizimdagi manbaaalirini ko`rinishi.
58-rasm: Iste’molchilarni energotizimdagi ta`minot sxemasini ko`rinishi.
Barcha elektr energiyasi iste’molchilari 3 toifaga bo`linadilar. Birinchi toifa
iste`-molchilarini elektr ta`minotida uzilishlarga yo`l qo`yilmaydi. Shuning uchun
ular ikki mus taqil yuqori kuchlanishli tarmoqqa ulangan ikkita transformatorlar nim
stantsiyalaridan
en-ergiya
bilan
ta`minlanadilar.
Bu
toifaga
kiruvchi
iste’molchilarga quyidagilar kiradi: metal lurgiya va avtomobil zavodlari,
chorvachilik komplekslari, parranda fabrikalari, issiqxona lar, don quritish
komplekslari.
Ikkinchi toifa iste’molchilariga elektr ta`minotida uzilishlar 3,5 soatdan
oshmasligi kerak, aks holda texnologik jarayon buzilishi mumkin va bu holat
maxsulotlarni buzilishi-ga olib keladi. Bu toifaga kiruvchi iste’molchilarga
elektrlashtirilgan sut sog’ish qurilma-lari, uncha katta bo`lmagan teplitsa va parnik
xo`jaliklari, konserva zavodlari mavjud bo`l-gan fermer xo`jaliklari va sh.o`. kiradi.
Uchinchi toifaga iste’molchilarining 1 va 2 toifaga mansub bo`lmagan
iste’molchilar kiradi. Ammo iste’molchilarda elektr ta`minotidagi uzilishlar bir
sutkadan ortmasligi kerak
Dostları ilə paylaş: