Korxonalarning elektr ta`minoti asoslari



Yüklə 440,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix28.01.2022
ölçüsü440,34 Kb.
#51684
  1   2   3   4
13-mavzu KORXONALARNING ELEKTR TAMINOTI ASOSLARI



13-mavzu KORXONALARNING ELEKTR TA`MINOTI ASOSLARI 

 

                      Reja.   



1.  Korxonalarning elektr ta’minoti asoslari. Sanoat elektr energiya manbalari. 

2.  Energosistema  haqida  tushunchalar.  Elektr  energiya  manbalari  va  iste’molchilari 

haqida umumiy ma’lumotlar. 

3.  Korxonalarda  elektr  energiyani  nazorat  qilishning  avtomatlashtirilgan  tizimi  va  uni 

tejash usullari. 

 

 



1.  Korhonalarning elektr ta`minoti asoslari. 

        Elektr energiya elektrostantsiyalarda ishlab chiqariladi. Ularda turli energiyalar 

elektr  energiyaga  aylantiriladi.  Ishlatilayotgan  birlamchi  energiya  turiga  qarab 

elektrostantsiyalar quyidagi turlarga bo`linadi: gidravlik (GES), issiqlik (IES), atom 

(AES).  Hozirgi  kunda  issiqlik  elektrostantsiyalari  ko`p  tarmoqli  bo`lib  ularni 

ulushiga barcha ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 80-85 % miqdori to`g’ri 

keladi. 

        Gidravlik elektrostantsiya (GES) larda suv okimi energiyasi birlamchi 

energiya hisob lanib gidrogeneratorlar yordamida elektr energiyasiga aylantiriladi. 

        Issiqlik  elektrostantsiya  (IES)  larida  qattiq,  suyuk,  gaz  ko`rinishidagi 

yoqilgilarni  kim  yoviy  energiyasi  elektr  energiyaga  aylantiriladi.  IES  lari  bug’ 

turbinali,  gaz  turbinali  va  ich  ki  yonuv  dvigatelli  bo`lishi  mumkin.  Ammo  bug’ 

turbinali  elektrostantsiyalar  ko`p  tarqal-gan.  Ba`zi  issiqlik  elektrostantsiyalari 

iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta`minlash bilan bar qatorda bug’ va issiq suv 

bilan ham ta`minlaydilar (TETS). 

 

Atom  elektrostantsiya  (AES)  larida,  energiya  manbaaasi  sifatida  yadro 

yoqilg’isi  ishlatiladi.  Zanjirli  reaktsiya  tufayli  parchalanish  natijasida  yadro 

yoqilg’isi issiqlik ajratib chi qaradi va u suvni bug’ga aylantiradi. Hosil bo`lgan bug’ 

turbinaga  yuboriladi.  Bug’  hosil  bo`lish  jarayoni  turli  sxema  va  sikllar  bo`yicha 

amalga  oshiriladi.  Boshqa  jihatlari  tomonidan  AESlar  IESlardan  farq  qilmaydi. 

Hozirgi  kunda  quyosh  energiyasidan,  yer  osti  suvlarining  issiqligidan,  shamol 

energiyasidan, dengiz oqimlarining qalqishidan foydalanish ham da atom va issiqlik 

energiyasidan  to`g’ridan-to`g’ri  elektr  energiyasi  hosil  qilish  bo`yicha  tadqiqotlar 

olib  borilmoqda.  Ta`kidlab  o`tish  joizki,  jixozlar  hamda  energetik  resurslardan 

oqilona  foydalanish  maqsadida  turli  elektrostantsiyalar  energotizimlarga,  ayrim 

energotizimlar  esa  birlashgan  energetika  tizimlari  (BET)  ga  birlashadilar. 

To`laqonlilik  bilan  aytish  mumkinki,  xozirgi  kunda  O`zbekiston  Respublikasida 

yagona birlashgan energetika tizimi mavjud.  




Yüklə 440,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin