Korxonalarning elektr ta`minoti asoslari


 Iste’molchilarini elektr ta`minoti va nimstantsiyalar



Yüklə 440,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix28.01.2022
ölçüsü440,34 Kb.
#51684
1   2   3   4
13-mavzu KORXONALARNING ELEKTR TAMINOTI ASOSLARI

       2. Iste’molchilarini elektr ta`minoti va nimstantsiyalar.   

 

Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  sanoat  korxonalari  va  xalq  xo`jalik 



iste’molchilari-ni  elektr  ta`minoti  markazlashtirilgan  davlat  energetika  tizimidan 

amalga oshiriladi. Elektr 

ta`minoti sxemasi bilan tanishib chiqamiz: energotizimni 500 kV li, 380 kV li, 220 

kV li, 110 kV li yuqori kuchlanishli tarmog’idan 35 kV li nimstantsiya orqali 35 kV 

li ta`minlash liniyasi ketadi. Ularga 35/6…10 kV li rayon nimstantsiyalari ulanadi, 

ulardan esa 6…10 kV li taqsimlovchi liniyalar ketadi. Bu liniyalarga 6…10/0,4 kV 




li  pasaytiruvchi  nimstan-  siyalar  ulanadi.  Qoida  bo`yicha  bunday  nimstantsiyalar 

iste’molchilarga  yaqin  joylarga  o`r  natiladi.  Ulardan  esa  380/220  V  li  past 

kuchlanishli tarmoq orqali tarqatiladi. Iste’molchi- 

larni  elektr  energiya  bilan  ta`minlash  uchun  manbaalari  va  uni  sxemasi  quyidagi 

keltirilgan.  

 

 



57-rasm: Iste’molchilarni energotizimdagi manbaaalirini ko`rinishi. 


 

58-rasm: Iste’molchilarni energotizimdagi ta`minot sxemasini ko`rinishi. 

Barcha elektr energiyasi iste’molchilari 3 toifaga bo`linadilar. Birinchi toifa 

iste`-molchilarini  elektr  ta`minotida uzilishlarga  yo`l qo`yilmaydi.  Shuning uchun 

ular ikki mus taqil yuqori kuchlanishli tarmoqqa ulangan ikkita transformatorlar nim 

stantsiyalaridan 

en-ergiya 

bilan 


ta`minlanadilar. 

Bu 


toifaga 

kiruvchi 

iste’molchilarga  quyidagilar  kiradi:  metal  lurgiya  va  avtomobil  zavodlari, 

chorvachilik  komplekslari,  parranda  fabrikalari,  issiqxona  lar,  don  quritish 

komplekslari. 

 

Ikkinchi  toifa  iste’molchilariga  elektr  ta`minotida  uzilishlar  3,5  soatdan 

oshmasligi  kerak,  aks  holda  texnologik  jarayon  buzilishi  mumkin  va  bu  holat 

maxsulotlarni  buzilishi-ga  olib  keladi.  Bu  toifaga  kiruvchi  iste’molchilarga 

elektrlashtirilgan sut sog’ish qurilma-lari, uncha katta bo`lmagan teplitsa va parnik 

xo`jaliklari, konserva zavodlari mavjud bo`l-gan fermer xo`jaliklari va sh.o`. kiradi. 



Uchinchi  toifaga  iste’molchilarining  1  va  2  toifaga  mansub  bo`lmagan 

iste’molchilar  kiradi.  Ammo  iste’molchilarda  elektr  ta`minotidagi  uzilishlar  bir 

sutkadan ortmasligi kerak 


Yüklə 440,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin