Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish



Yüklə 159,32 Kb.
səhifə9/19
tarix02.06.2023
ölçüsü159,32 Kb.
#123137
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
ilmiy ish oxirgi

I-bob bo‘yicha xulosalar
Kouching asosida darsliklarni takomillashtirishda metodik nazariyalar va yondashuvlarning didaktik masalalari, taʼlim oluvchilar uchun mo‘ljallangan kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarining tahlilini o‘tkazar ekanmiz, bu borada quyidagi xulosalarga keldik:
1. O‘zbekistonning mustaqilligi sharofati bilan taraqqiyotning barcha sohalarida ro‘y bergan o‘zgarishlar yosh avlodning chet tillarini, anaʼana va odatlarini ham o‘rganishlarini taqozo etmoqda. Bunda xalqimiz tarixiga, allomalarimizning pedagogik taʼlimotiga, tillarni o‘rganishga bo‘lgan uslubiy yondashuviga eʼtibor qilish muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
2. O‘quvchilarga kouching asosida o‘rgatish muammosining uslubiy tomonlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalariga asoslangan holda quyidagi xulosalarni bayon qilish mumkin:
– o‘quvchilarni kouching asosidaga o‘rgatishning mavjud tizimini nazariy jihatdan yanada rivojlantirish va takomillashtirish dolzarb ijtimoiy zaruriyatdir;
– o‘quvchilarni kouchingga o‘rgatishga qaratilgan pedagogik faoliyatni shunday tashkil etish lozimki, unda yoshlar uchun muayyan shart-sharoitlar takomillashtirish, jumladan, ularning mavjud taʼlimiy ehtiyojlarini qondirish kabi holatlar qaror topsin;
– o‘quvchilarning tillarni o‘zlashtirishlarida sinfda psixologik muhit, o‘quvchilar jamoasining hamjihatligi, ular uchun o‘tkazilayotgan turli tadbirlarning ijobiy mazmunga ega ekanligi kabi ijtimoiy-psixologik omillar ustuvor o‘rin tutadi.
3. Kouching asosida darslarida o‘quvchining til boyligini oshirish maqsadida lug‘atlar bilan ishlash to‘g‘ri tashkil etilsa, uning ijobiy samarasini, shuningdek, o‘quvchining yozma va og‘zaki nutqi qay darajada shakllanganligini aniqlash mumkin bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, ijodiy ishlarga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko‘rish ko‘nikmasining shakllanish jarayonini nazoratga olish osonlashadi.
4. O‘quvchilarning yosh va psixologik holatlarini hisobga olib, yozma ishlar uchun ko‘rgazmali vositalar: asarlar, elektron slaydlar va filmlardan foydalanilsa, ularda umumiy dunyoqarashning va ijodiy fikrning shakllanishini kuzatish mumkin bo‘ladi. Ushbu jarayonda o‘qituvchi tomonidan pedagogik tavsiyalar va ilmiy asarlarini o‘rganib chiqish foydadan xoli bo‘lmaydi.
5. Taʼlim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi, dastur va darslik hamda dars usullari o‘rtasida uyg‘unlashuv amalga oshirilsa, shuningdek, fanlararo uzviylik taʼminlansa, o‘quv samarasi hamda uning ko‘rsatkichlari oshganligini chorak yakunida yaqqol sezish mumkin bo‘ladi.



Yüklə 159,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin