Koʻz nurini asraylik nutqiy mavzuning maqsadi



Yüklə 234,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix16.12.2023
ölçüsü234,49 Kb.
#182868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
6. Ko\'z nurini asraylik OʻK

2-soat 
Dars jarayoni 
 
Kirish. 
“Optika” atamasini qayerlarda uchratgansiz? Ushbu soʻz qanday maʼnoni 
anglatadi?
Asosiy qism. 
Tinglab tushunish. 
 “Optika”ning otasi audiomatnini tinglang. Savollarga javob bering. 
Audiomatn: “Optikaning otasi”. 
 
Qadimgi olimlar yorugʻlik va insonning koʻrish qobiliyati haqida notoʻgʻri 
tasavvurda boʻlishgan. Emishki, odamning koʻzi atrofga yorugʻlik tarqatadi. 
Koʻzimizdan chiqqan shu yorugʻlik jismlarga tegib ortga qaytganida biz narsalarni 
koʻra boshlaymiz. Ammo musulmon olimi Ibn al-Haysam birinchi boʻlib bunday 
qarashning xato ekanini aytadi. Koʻzdan hech qanday nur chiqmaydi. Aksincha
quyoshdan taralgan nur jismlarga urilib, soʻng koʻzlarimiz tomon yoʻl oladi.


Hasan ibn al-Haysam 965-yili Iroqning Basra shahrida dunyoga keladi. U 
optikaning otasi hisoblanadi. Yaʼni koʻzoynak, mikroskop, teleskop, fotokamera, 
videokamera kabi yuzlab optik qurilmalarning ixtiro qilinishida Ibn al-Haysamning 
ham hissasi bor. Chunki olimning “Optika” nomli kitobi butun dunyoga maʼlum va 
mashhur. 
Ibn al-Haysam qorongʻi chodirning ichiga kirib, chodir devoridan kichik 
teshik ochib qoʻyadi. Olim shu teshikdan kirgan nurni oʻrgana boshlaydi. 
Tajribalarning birida nur tashqaridagi tasvirni ichkariga olib kirayotgani maʼlum 
boʻladi. Aynan mana shu kashfiyot tufayli 8 asrdan soʻng fotokamera ixtiro qilinadi.
Bundan tashqari, olim koʻz va uning tuzilishi borasida ham koʻplab 
tadqiqotlar qilgan. “Optika” kitobida hatto koʻzdagi nerv tolalarining suratlari ham 
berilgan. Bu tibbiyotda koʻzning ichki tuzilishi chizilgan ilk suratlar edi.
Bu qiziq! 
Ibn al-Haysam Gʻarbda “Alhazen” nomi bilan mashhur boʻlgan. Oydagi 
kraterlarning biri olimning sharafiga “Alhazen” deb ataladi.
Oʻquvchilar audiomatnni tinglaganlaridan soʻng matn ostidagi savollar bilan 
suhbat boshlanadi. 

Yüklə 234,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin