Ishni bajarish tartibi 1. Laboratoriya ishining yo'riqnomasini va qurilma ko'rsatmasini o'qib o'rganing.
2. Sharchaning massasini tarozida tortib aniqiang.
3. H, balandlikni o'lchang.
4. Elektromagnitni metall yoyning yuqoriroq qismiga o'rnating va uni A'tumbler yordamida tok manbaiga ulang, so'ngra unga sharcha kiritilgan halqani yaqinlashtiring. Elektromagnit ularni tutib qoladi.
5. balandlikni o 'l c h a n g va b a lan d l ik la r farqini hisoblang.
6. O'lchangan kattaliklarning qiymatini (1) va (4) formulalarga qo'yib, sharchaning b nuqtadagi kinetik energiyasi, a b nuqtalardagi potensial energiyalari ayirmasini
hisoblang, natijalarni jadvalga kiriting.
8. Elektromagnitni metall yoy bo'yicha siljitish yo'li bilan H, balandlikni o'zgartirib, tajribani 4—5 marta takrorlang.
9. H balandlikning har bir qiymati uchun kinetik energiya bilan potensial energiyalar farqini hisoblang.
10. Ishchi formulaga qo’yib, energiyalar farqini hisoblang.
Eslatma: Elektromagnit uzoq vaqt tokka ulangan holatda qolmasligi lozim.
Tajribada topilgan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi:
№
m
H1
H2
H1-H2
L
∆Ep
∆Ek
Nazorat savollari 1. Energiyaning, jumiadan, mexanik energiyaning saqlanish va aylanish qonunini ta’riflang. Misollar keltiring.
2. Ish bilan energiyaning orasida qanday farq bor? Nima uchun energiya ham, ish ham bir xil birliklarda o’lchanadi?
3. To’la, potensial va kinetik energiyalar nima va ular qanday ifodalanadi? Ularning formulalarini yozing.
4. Harakatning mustaqillik prinsipi deganda nimani tushunasiz?
5. Potensial energiyalar farqi nima uchun kinetik energiyaga teng emas?
6. E - f (H) grafikni izohlab bering.
7. Elektromagnit nima uchun uzoq vaqt tok manbaiga ulangan holatda qolmasligi kerak?