Laboratoriya ishi №6 tushayotgan sharning potensial va kinetik energiyalarini aniqlash ishning maqsadi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə1/3
tarix17.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#144825
  1   2   3
6-LABORATORIYA


LABORATORIYA ISHI №6
TUSHAYOTGAN SHARNING POTENSIAL VA KINETIK ENERGIYALARINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Grimzel asbobidan foydalanib po'lat shaming kinetik va potensial energiyalarini aniqlash yo'li bilan mexanik energiyaning aylanish va saqlanish qonunini o'rganish.
Kerakli jihozlar: Grimzel asbobi; po'lat sharchalar; o'lchov tasmasi; qumli quticha; elektromagnit; tok manbai; htangensirkul; elektr kalit va boshqa yordamchi aslahalar.

Hayotda doimo bir-biriga kuch bilan ta ’sir qilayotgan jismlarga duch kelamiz. Ko'p hollarda kuch ta ’sirida jismlar fazodagi vaziyatini o‘zgartirib ko‘chadi. Kuchlarning jismlar ko‘chishi bilan bog’liq bo’lgan ta ’sirini tavsiflash uchun mexanikada ish deb ataladigan fizik kattalik qabul qilingan. Qo'yilgan kuch ta ’sirida jismning ko‘chishi natijasida mexanik ish bajariladi. Kuch qancha katta boMsa va shu kuch qo'yilgan jism qancha uzoq masofaga ko‘chsa, ish ham shuncha katta bo’ladi. Bajarilgan ishning kattaligi kuch yo‘nalishida jism bosib o‘tgan yo’lning qo'yilgan kuchga ko'paytmasi bilan o'lchanadi, ya’ni


A = Fs cos a,
bunda: A bajarilgan ish, s — jismning F kuch ta ’sirida ko'chish masofasi, alfa — kuch bilan ko'chish yo'nalishi orasidagi burchak.
Ish bajara olisholish qobiliyatiga ega bo'lgan har qanday jism yoki jismlar sistemasi energiyaga ega bo'ladi. Jismning holatini, uning bir holatdan boshqa holatga o'tishda ish bajara olish qobiliyatini tavsiflaydigan kattalik. Jismlarning mexanik harakatiga va holatiga bog'liq bo'lgan energiya mexanik energiya deyiladi. Mexanik energiya ikki turga: potensial va kinetik energiyaga bo'linadi. Jismlarning o'zaro joylashishiga yoki bir jism qismlarining o'zaro joylashishiga bog'liq bo'lgan o'zaro ta ’sir energiyasi potensial energiya deb ataladi. Jismlarning harakati tufayli paydo bo'ladigan energiya kinetik energiya deb ataladi. Jismning kinetik va potensial energiyailarining yig'indisi jismlarning to'la mexanik energiyasi deb ataladi.
Mexanik energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanish va saqlanish qonuniga ko'ra, yopiq sistemada bo'ladigan mexanik hodisalarda energiya hech vaqt bordan yo'q bo'lmaydi va yo'qdan paydo bo'lmaydi. Shu holatni faqat gravitatsiya
maydonida harakatlanayotgan jismga qo'llanilsa, u holda potensial energiya unga teng miqdordagi kinetik energiya ko'rinishiga o'tib turadi va aksincha. Bu holat uchun quyidagi ifodani yozish mumkin:
W = К + П = mv2/2 + mgh.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin