Mexanik harakat – tashqi kuch taʼsirida jismning fazoda oʻz oʻrnini uzluksiz oʻzgartirishi. Mexanik harakat tushunchasi fazo, vaqt, harakatlanuvchi jism, muhit va jismga beriladigan kuch (yoki tezlik) ga bogʻliq. Jismning harakati boshqa biror jismga nisbatan belgilanadi. Mexanikada Mexanik harakat kaysi jismga nisbatan tekshirilsa, koordinatalar tizimi shu jism bilan bogʻlanadi. Klassik mexanikada moddiy nuqta Mexanik harakat tizimining umumiy qonunlari I. Nyuton tomonidan taʼriflangan. Mexanik harakatning birinchi qonuni inersiya qonuni hisoblanadi.

Moddiy nuqta – kuzatilayotgan sharoitda kattaligi va shakli ahamiyatsiz boʻlgan harakati oʻrganilayotgan jism. Muayyan jismni Moddiy nuqta deb qabul qilish mumkin yoki mumkin emasligida jismning oʻlchamlariga emas, balki masalaning shartlariga bogʻliq. Masalan, oʻrtacha radiusi 6371 km boʻlgan Yer shari Quyosh atrofidagi orbitasida har sekundda 29,75 km dan yoʻl bosib, bir yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Bunday sharoitda Yer sharining kattaligi, shakli va uning ichida sodir boʻlayotgan murakkab jarayonlar uning orbita boʻylab harakati oʻrganilayotganda ahamiyatsiz boʻladi.