Oddiy kakku – Cucuius canorus L.
Kakkular
turkumi
va
kakkular oilasiga kiradi. Kakku
bedana
kattaligidagi
qush
bo„lib, patlari tepa tomonidan
kulrang, qorin tomonidan oqish
ko„ndalang kulrang yo„llari
bo„ladi. Ba‟zan urg„ochilari
qo„ng„ir sarg„ich rangda ham
bo„ladi.
Keng
tarqalgan
qushlardan
biri.
O„rmon,
to„qayzor,
shahar
va
qishloqlarda yashaydi. O„rta
Osiyoning barcha yerida uchraydi. Kelib-ketuvchi qushlarga kiradi. Kakkularning
erkaklari aprel oyining boshlarida urg„ochilarini chaqirib sayraydi. Bu davrda ular
«kak-ku», «kak-ku», deb sayrab joy egallaydi. Urchish davri apreldan to iyun
oxirlarigacha davom etadi. Kakkular uya solmaydi. Tuxumini o„zi bosmaydi, balki
chumchuqsimon qushlar - chumchuq, jiblajibon, bulbul kabi qushlarning uyalariga
tuxumini qo„yadi. Shu uyaning egasi bo„lgan qush kakku tuxumini bosadi.
Kakkular ko„payish davrida 20 ta tuxum qo„yadi. Tuxumini har ikki-uch kunda
bittadan boshqa qush uyalarida egasi uchib ketgandan keyin o„z tuxumini qo„yib,
uya egasining tuxumini olib tashlaydi yoki uning bolalari tuxumdan chiqib, uya
egasining jish bolasini uyadan itarib tushirib yuboradi. Ba‟zi daraxtlarning ostida
tuxumlarning sinib, jish bolalarning o„lib yotishiga asosiy sababchi kakkulardir.
Shuning uchun bu qushlar «uya parazitlari», deb ataladi. Kakkular, asosan,
hasharot va ularning lichinkalari bilan ovqatlanib xo„jalikka foyda keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |