Bulbul – Luscinia megarhynchos Brehm.
Chumchuqsimonlar turkumining
qorayaloqlar oilasiga kiradi.
Chumchuq kattaligidagi qush,
patlarining rangi kulrang, kulrang-
sarg„ish bo„ladi. O„rta Osiyoda ancha
keng tarqalgan. O„zbekistonga kelib
ketuvchi
qushlardan
hisoblanadi.
O„rmon
va
butazorlarda,
tog„
vodiylarida, to„qayzorlarda, shahar va
qishloqlarda uchraydi. Bulbul ko„zga
yaqqol tashlanmaydigan, yashirin hayot kechiradigan qush. Aprelning ikkinchi
yarmidan kela boshlaydi. Erkaklari bog„lardan joy egallash uchun kun botishi bilan
erta tong otguncha, ba‟zida kunduzi ham xilma - xil, ajoyib tovushlar chiqarib
sayraydi. Sayrab turgan xo„rozlari odam yaqinlashishi bilan uchib ketadi. Uyalarini
daraxt va butalarga yerdan uncha baland bo„lmagan joylarga o„simlik barglari va
boshqa narsalardan piyolachaga o„xshatib quradi. Tuxumi 3 tadan 6 tagacha
bo„ladi. Urg„ochilari tuxum bosadi. Tuxum bosib yotgan yoki bolalarini
boqayotgan davrida odam yaqinlashsa, juda bezovtalanadi. Ba‟zi da bolalari erta
uyalaridan tushib ketib nobud bo„ladi. Ularning uyalariga bolalari uchirma
bo„lguncha odamning yaqinlashmagani ma‟qul. Bulbul hasharotxo„r qushlardan
bo„lib, bolalarini ham hasharotlar bilan boqadi. O„zlari yoqimli tovush chiqarib
sayrashi bilan insonlarga estetik zavq beradi, ma‟naviy ruh bag„ishlaydi.
Hasharotlar bilan ovqatlanib, iqtisodiy foyda keltiradi. Bu qushlarni jalb etish
uchun shaharlarimizga butasimon o„simliklarni ko„proq ekish kerak.
Dostları ilə paylaş: |