M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Oq qanotli qizilishton – Dendrocopos leucopterus Salvad



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Oq qanotli qizilishton – Dendrocopos leucopterus Salvad.  

 

Qizilishtonlar  turkumiga  kiradi. 



Chug„urchuqlardan  kichikroq,  qanoti 

ola va dumining osti to„q qizil rangda. 

Shuning  uchun  qizilishton  nomini 

olgan.  Ko„kragi  va  oldingi  tomoni 

oqish, boshini usti qora, peshonasi oq. 

Ensasida  qizg„ich  hoshiyasi  bor, 

chakkasi 

qora-qo„ng„ir 

bo„ladi. 

O„zbekistonda  keng  tarqalgan  bo„lib, 

o„rmon  va  to„qayzorlarda,  qishloq  va 

shahar  bog„larida  uchraydi.  Bular 

o„rmon  qushlari  bo„lib,  tuzilishi 

daraxtlarda  yashashga  va  hasharotlar 

bilan ovqatlanishga moslashgan. Daraxtlarning po„stloq va yog„och qismini teshish 

uchun  ularning  boshlari  katta,  tumshuqlari  to„g„ri,  o„tkir,  qalin  shox  qatlam  bilan 

qoplangan.  Bu  qushlar  daraxtlarni  hasharotlar  va  zamburug„lar  bilan  zararlangan 

hamda  chirigan  yerlarini  topib  teshadilar.  Daraxt  kovaklari  va  po„stloqlari 

orasidagi  hasharotlarni  tutish  uchun  tillari  uzun,  ilmoqchali,  yelim  modda  bilan 

qoplangan.  Daraxtlarda  o„rmalab  yurish  uchun  oyoqlari  qisqa,  barmoqlari  uzun, 

tirnoqlari  o„tkir  va  ikkinchi  barmog„i  orqa  tomonga  qaragan  bo„ladi.  Dum  patlari 

baquvvat, daraxtda o„rmalab yurganda unga tayanadi. 

Ko„payish oylaridan boshqa vaqtlarda yakka yuradi. 

Daraxtlarning  ostidan  o„rmalab  to  uchigacha  ko„tarilib  boradi.  Tumshug„i 

bilan  daraxtni  urib  bo‟sh  yerini  topib,  har  xil  hasharot  va  ularning  lichinkalarini 

olib ovqatlanadi. Mart oylaridan boshlab erkaklari tumshug„ini daraxtga qattiq urib 

"childirma"  chala  boshlaydi,  bu  sayrash  o„rniga  o„tadi.  Daraxtlarni  chirigan 

joylaridan  kavlab  uyalar  yasaydi.  Urg„ochilari  5-8  ta  tuxum  qo„yadi.  Tuxumdan 

jish  bola  chiqadi,  ularni  boqib  uchirma  qiladi.  Bu  qushlar  daraxtlarni 

zararkunandasi  bo„lmish  qo„ng„iz  va  ularning  lichinkalarini  yeb  katta  foyda 

keltiradi. 

 


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin