Qishloq qaldirg‘ochi – Hirundo rustica L.
Chumchuqsimonlar
turkumining
qaldirg„ochlar oilasiga kiradi. O„rta
Osiyoning baland tog„ va sahrolardan
tashqari
qariyb
hamma
joylarida
uchraydi. Bularning patlari va yelkasi
qora, bo„yni qo„ng„ir-qizg„ich, qorin
tomoni
oqish
yoki
qo„ng„irroq
ko„rinishga ega bo„lib, jig„ildonida qora
yo„llari bor. Farg„ona vodiysiga mart
oyining
oxiri
va
aprel
oyining
boshlarida
uchib
kela
boshlaydi.
Avgust, sentyabr oylarida uchib ketadi.
Qishloq
qaldirg„ochi
odamlar
yashaydigan joylar bilan bog„langan. Bular qishloq va shahardagi uylarga hamda
boshqa qurilishlarga loydan guvalakchalar yasab so„laklari bilan ilashtirib uyalar
quradi. Uyalarini mustahkam bo„lishi uchun qil va somonlarni ishlatadi. Uyalari
quriganda ancha mustahkam bo„ladi. Uya qurishda erkak va makiyonlari ishtirok
etadi. Uyalariga 4-7 ta tuxum qo„yadi. 12-14 kun atrofida tuxum bosadi va bolasini
20 kun uyalarida boqadi. Bolalari uchirma bo„lganidan keyin ham bir necha kun
boqadi. Keyinchalik bolalari mustaqil hayotga o„tadi. Kattalari yana tuxum
qo„yishga kirishadi va avgust oylarida uchirma qilib chiqaradi. So„ngra
qaldirg„ochlar gala bo„lib to„plana boshlaydi. Galalari bir necha yuzlab, hatto
minglab sonlarni hosil qiladi. Hindiston va Afrikaga qishlash uchun sentyabr-
oktyabr oylarida uchib ketadi.
Bular havoda uchib yurib, pashsha, chivin, qo„ng„iz, kapalaklarni chaqqonlik
bilan tutib yeb xo„jalikka katta foyda keltiradi. Qadim zamonlardan insonlar
mehrini qozongan qushlardan biri hisoblanadi. Insonlar qaldirg„ochlarga ozor
bermaslikka harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |