M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Sertifikatlashtirish sxemalari



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Sertifikatlashtirish sxemalari
1- 
sxema. Mahsulot namunalari sinovlarining ijobiy natijalari asosida 
uning majburiy ko'rsatkichlar va birinchi navbatda, bezararligi bo‘yicha 
muvofiqligini baholashni ko‘zda tutadi. Mazkur sxema buyicha nazorat 
qilingan mahsulot sertifikat bilan birga, muvofiqlik belgisi bilan 
yorliqlanishi ta’minlanadi buyurtmachining buyurtmasida mahsulot uchun 
me’yoriy xujjat aniq belgilanmagan hollarda ham qo‘llanadi.
2- sxema. Akkreditatsiyadan 
o ‘tgan 
laboratoriyalarda 
majburiy
ko’rsatkichlar asosida mahsulot sinovini o‘tkazish, keyinchalik ham, 
savdo tizimidan saralab olingan tanlanma mahsulot sifatini davriy 
ravishda nazorat qilish jarayonlarini.
3- sxema. Mahsulotning 
sifat 
nazorati 
ro‘yxatidan 
tashqari,
sertifikatlashtirish idorasi tomonidan buyurtmachining ishlab chiqarish va 
sifat menejmenti tizimini nazoratini ko‘zda tutadi (agar korxonada sifat 
tizimining ishlab chiqilgan va sertifikatlashtirilgan bo‘lsa). Mazkur sxema
123


asosida mahsulotga muvofiqlik belgisi berilib, korxonada davriy ravishda 
inspektsion nazoratni o‘tkazish maqsadida mahsulot sinovlari amalga 
oshiriladi.
4- sxema. 
Sertifikatlashtirish 
idorasi 
akkreditatsiyadan 
o‘tgan 
laboratoriyada o‘tkazilgan sinovlar bayonnomasi asosida muvofiqlik va - 
gigienik sertifikatni berish bilan birga, ishlab chiqaruvchi korxona va 
savdo tizimidan tanlab olingan namunalar sinovlarini o'tkazish orqali 
sertifikatlangan 
mahsulotning 
inspektsion 
nazoratini 
ko‘zda 
tutadi. 
Mahsulotning saqlanish muddati asosida nazoratning davriyligi belgilanadi. 
Mazkur sxemada mahsulotning muvofiqlik belgisi bilan yorliqlanishi ham 
ko'zda tutiladi.
5- 
sxema. Sertifikatlashtirish idorasi mahsulot sinovlari bilan birga, ishlab 
chikarish yoki sifat menejmenti tizimining nazorati va bu nazoratdan keyingi 
sertifikatlashtirilgan mahsulot va ishlab chiqarish jarayonining inspektsion 
nazoratini ham ko‘zda tutadi. Bu sxemada ishlab chiqarish holati nazoratida 
ishlab chiqarish (sifat) tizimlari sertifikatsiyasi bo'yicha ekspertlaming 
ishtiroki zaruriy shart hisoblanadi.
6- sxema. Sifat menejmenti tizimini baholash va keyinchalik uning
inspektsion 
nazorati uchun 
“O'zstandart” 
agentligi 
tomonidan
akkreditatsiyadan o'tgan sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish 
organi jalb etiladi va shu bilan 5-sxemadan farqlanadi.
7- 
sxema. Asosan import mahsulotlar partiyasini sertifikatlashtirish 
uchun qoMlaniladi. Bu sxema bo‘yicha sertifikatlashtirish idorasi, odatda, 
o'zining akkreditatsiyadan o'tgan laboratoriyasiga me’yoriy xujjatlar 
talablariga asosan mahsulot identifikatsiyasini, seriyadan namunalar tanlab 
olishni va keyinchalik amalga oshiriladigan sinovlami olib borish uchun 
ko'rsatma beradi.
8- 
sxema. Yakka holda ishlab chiqaruvchi, import qilinuvchi yoki 
sotiluvchi mahsulotning sinovlarini amalga oshirishda qo'llanadi. Bunda 
sinovlar, baholash va sertifikat muayyan bir mahsulotga oid boMib, 
keyinchalik 
buyurtmachi 
tomonidan 
sertifikatlangan 
mahsulotning 
muvofiqlik belgisi bilan yorliqlanish amalga oshiriladi.
9- 
sxema. Mahsulot sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini 
tasdiqlovchi ta’minotchining deklaratsiyasi va unga ilova qilingan me’yoriy 
xujjatlar muvofiqligining isboti sifatida qoilanadi. Bu sxema bilan 
buyurtmachi 
akkreditatsiyadan 
o'tgan 
laboratoriyada 
sinovlarning 
o'tkazilishi yoki sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirishni yohud ham 
unisi, ham bunisining o'tkazilishini ta’minlab, keyinchalik deklaratsiya 
qabul qilib, standartlashtirish idorasiga sertifikatsiyaga buyurtma beradi.
124


9-sxemani qo'llashning zaruriy sharti - buyurtmachida mahsulotning 
belgilangan talablarga muvofiqligini bilvosita yoki bevosita tasdiqlovchi 
barcha 
xujjatlar 
boMishidir. 
Agar 
mazkur 
shart 
bajarilmasa. 
sertifikatlashtirish idorasi buyurtmachiga mahsulotni boshqa sxema 
bo‘yicha sertifíkatlashtirishni taklif etadi.
«Bir turdagi mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish qoidalari»ning 
VI bandiga muvofiq («Ckzstandart» agentligi tomonidan 2005-yil 7- 
sentyabrda 
340-sonli 
buyruq 
bilan 
tasdiqlangan) 
0 ‘zbekiston 
Respublikasida farmatsevtik mahsulotlarga faqat 3, 4 va 7-sxemalar 
qoMlanishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasida dori vositalarini sertifikatlashtirish, asosan, 
mahsulot partiyalarini sertifikatlashtirish yo‘l¡ bilan amalga oshiriladi (7- 
sxema), bu Respublikada sotilayotgan dori vositalarining asosiy qismi yaqin 
va uzoq xorijiy mamlakatlardan import qilinishi bilan bog'liqdir.
Farmatsevtik bozorning ko‘p qismini egallagan mahalliy va xorijiy 
farmatsevtik korxonalar uchun ishlab chiqarish holatining nazoratini o‘z ichiga 
oigan sxemaning qoilanishi maqsadga muvofiqdir (3, 4-sxemalar). Bunda 
korxonaga seriyali ishlab chiqarish uchun muvofiqlik sertifikati taqdim 
etiladi va korxona o'z mahsulotining seriyaviy nazoratidan ozod etiladi. 
Sertifikat uch yil muddatga beriladi, mahsulotga muvofiqlik belgisi bilan 
yorliqlanishi mumkin. Bunda ishlab chiqarishning sifat nazorat tizimi 
mavjudligi yoki "Sifatli ishlab chiqarish amaliyoti" (GMR) talablariga 
muvofiqligi asosiy shart hisoblanadi.
Har bir muayyan holatda qoMlanishi mumkin bo‘lgan sertifikatlashtirish 
sxemasi sertifikatsiya idorasi tomonidan buyurtmachining taklifi, keltirilgan 
mahsulotlarning xajmi va muddati, sinov usullari, mazkur mahsulotni 
ishlab chiqarish va iste’molining o‘ziga xos tarafiarini hisobga oigan holda 
belgilanadi.
Buyurtmachi muvofiqlik sertifikati bo'lgan va muvofiqlik belgisi bilan 
yorliqlangan mahsulotni reklama qilish 
huquqiga ega. 
Majburiy 
sertifikatlashtirishdan o‘tishi lozim boMgan, animo sertifikatga ega 
boMmagan mahsulotni reklama qilishga ruxsat etilmaydi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin