So‘zboshi
Aholi va davolash - profilaktika muassasalarini
sifatli dori vositalari
bilan o‘z vaqtida ta’minlashni tashkil qilish sog‘liqni saqlash tizimi va
boshqa dorishunos mutaxassislar oldida turgan dolzarb vazifalardan
hisoblanadi.
Ma’lumki, 0 ‘zbekiston Respublikasida
dorixona muassasalari
Hamdo‘stlik davlatlarida birinchilar qatorida davlat tasarrufidan chiqarildi.
Natijada farmatsevtika ishini tashkil qilish bo’yicha mavjud bo‘lgan asosiy
darsliklar dori vositalari muomalasining ko‘p ntasalalari bo‘yicha o'z
amaliy ahamiyatini yo‘qotdi.
Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida farmatsevtika faoliyati
sohasining mustaqil rivojlanishini xalqaro tajribalarga suyangan holda tashkil
qilish, soha mutaxassislari tashabbuslarini qo‘llash hamda iste’molchilar
xuquqlarini himoya qilish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator
xuquqiy va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. 0 ‘z
navbatida, ko‘plab yangi
dori vositalarining yaratilishi, farmatsevtik
yordamning takomillashgan
usullarining amaliyotga kirib kelishi bilan farmatsevtika ishini tashkil
qilishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan darslik yaratish vazifasi yana ham
dolzarb boiib qoldi. Qoiingizdagi darslikda aholi
va davolash - profilaktika
muassasalarini dori vositalari bilan ta’minlashni tashkil etishda hozirgi kun
nuqtai nazaridan dorixona muassasalari mutaxassislari uchun zarur boigan
masalalar 11 bobda keltirilgan. Amaliy ahamiyati
ortib borayotgan retseptsiz
dori vositalari savdosini tashkil qilish va farmatsevtik xizmatni sifatli
ta’minlashga qaratilgan mavzular mumkin qadar kengroq yoritildi.
Dori vositalari muomalasiga taalluqli ayrim atama va terminlar
darslikda birinchi marta bayon qilinganligi
munosabati bilan ularni
farmatsevtika sohasi nuqtai nazaridan sharhlab, umumiy tushunchalar ham
berildi.
Amaldagi
dastur
bo‘yicha
tayyorlangan
ushbu
darslikda
farmatsevtika
ishini tashkil qilishga oid, talabalar uchun kerakli bo‘lgan
asosiy masalalar yoritilib, qo‘shimcha ma’lumotlar va tegishli me’yoriy
hujjatlardan mustaqil foydalanish uchun ko‘rsatmalar berilgan.
Darslik farmatsevtika instituti talabalari va farmatsevtika ishi bilan
shug‘ullanayotgan keng mutaxassislar ommasi uchun moijallangan.
3
Birinchi bor chop etilayotgan ushbu darslik
ayrim kamchiliklardan
holi boimasligi mumkin. Uni takomillashtirish borasidagi maslahat va
takliflarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz.
Mualliflar darslikni tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni tuzishda
qatnashgan Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi xodimlari:
M.A.Saidov, A.I.Nuritdinova, G.E.Sodiqova, A.M.To‘xtaeva, D.T.Saipova,
Z.Sh.Hidoyatova
va
M.Ya.Saidovaga
hamda
taqrizchilarga
katta
minnatdorchilik bildiradilar.
4