M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Litsenziya talablariva shartlari



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Litsenziya talablariva shartlari:
Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishda litsenziat quyidagi 
qoidalarga rioya qilishga majbur:
-faoliyatni farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga 
qat’iy rioya etish;
-faoliyatni litsenziyada ko'rsatilgan faoliyat doirasida, shuningdek
litsenziya bitimiga muvofiq ko'rsatilgan manzil (manzillar) bo'yicha 
amalga oshirish;
- litsenziya talabgori litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish 
uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, tegishli moddiy -texnik 
bazadan, asbob -uskunalardan va boshqa texnik vositalardan foydalanish;
- dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish, tayyorlash. 
sotish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi SSV tomonidan tasdiqlangan 
me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilish;
- ekologiya va sanitariya -gigiena normalari va qoidalariga rioya etish;
-dori vositalarini tayyorlashda litsenziat dori vositalarini analiz qilish
uchun vakolatli nazorat -tahlil laboratoriyasi bilan shartnoma tuzishi.
Farmatsevtika faoliyatining tegishli turini amalga oshirish uchun 
zarur bo'lgan moddiy -texnik bazaga, asbob -uskunalarga, boshqa texnika 
vositalariga va xodimlarga talablar belgilangan tartibda O'zbekiston 
Respublikasi SSV tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziya 
maxsus 
blankalarda 
rasmiylashtiriladi. 
Litsenziya 
blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish 
seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo'lishi 
kerak. Litsenziya blankasi namunasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-sonli qaroriga muvofiq 
litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Farmatsevtika faoliyati bo'yicha tegishli boshqaruv va me’yoriy-texnik 
hujjatlar talablari dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, 
tayyorlash, sifatini nazorat qilish va sotish tartiblari buzilganda, litsenziya 
hay’ati tavsiyasi bo'yicha belgilangan tartibda dorixona egasi litsenziyadan 
mahrum qilinadi yoki uning faoliyati vaqtincha to'xtatib qo'yiladi.
Hay’at a’zolari O'zbekiston Respublikasi SSV buyrug'iga, hay’at 
raisi ko'rsatmalariga va hay’at qaroriga muvofiq tahlil ishlarini olib boradi. 
Hay’at majlislarida qatnashadi, hay’at raisi tomonidan amaldagi qonun va 
SSV buyruq va yo'riqnomalariga zid bo'lmagan vazifalarni bajaradi.
19


CPzbekiston Respublikasi SSV ning litsenziyasi hozir hay’at 
tomonidan farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga 
cheksiz muddatga beriladi.
Dorixona muassasalari 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV tomonidan 
tasdiqlangan tegishli San PiN me’yorlariga rioya qilgan holda faoliyat 
ko‘rsatadi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin