- zarur bo‘lib qolgan taqdirda bemorlarga
birinchi tez tibbiy yordam
ko‘rsatishlari zarur;
Xuddi shuningdek, dorixonalar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar,
zarur bo'lib qolganda aholiga dori vositalari bilan ko'rsatiladigan tibbiy
xizmatni yaqinlashtirish maqsadida o'zining
dorixona shaxobchalarini
ochishi mumkin.
Dorixonalar iqtisodiy ko'rsatkichlari mulkchilik shakli, ishlab
chiqarish
va savdo faoliyatiga qarab, yuqorida qayd etganimizdek,
aktsionerlik, jamoa va yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi xususiy
dorixonalar hamda shifoxona dorixonalariga bodinadi. Bu dorixonalaming
faoliyat
turlari esa, dorixona ochish tartib-qoidalari to‘g‘risidagi SSVning
buyrugh asosidagi litsenziya berish hay’ati tomonidan Respublika Vazirlar
Mahkamasining tegishli qarorlari asosida muvofiqlashtirib turiladi.
2.5. Dorixona xonalarining tarkibi, ularning faoliyat turiga
qarab jihozlanishi
Dorixonalarni ochish tartibiga oid Respublika SSV tomonidan
tasdiqlangan Sanitariya qoidalari va ularning gigienik me'yorlarida (San
PiN № 0078-98 va San PiN № 0162-04) dorixonaning faoliyat ko‘rsatish
turiga qarab, unda belgilangan xonalarga qo'yiladigan asosiy talablar
keltirilgan. Unda ko'rsatilgan umumiy
nizomga asosan har qanday
dorixona San PiN tartib qoidalari asosida tashkil etiladi va undagi xonalar
hamda jihozlarga va ularni joylashtirishga ma’lum talablar qo'yiladi.
San PiN № 0162-04 ga asosan tayyor dorilar bilan savdo qiladigan
dorixonalar ko‘p qavatli binolarning birinchi
qavatida yoki alohida
binolarda tashkil etishga ruxsat etiladi.
Ko‘p qavatli binolarda dorixonaning alohida o‘z kirish y o ii
binoning orqa tomonidan bo‘lib, har xil tovarlar qabul qilish yoki bo‘sh
idishlarni chiqarish va ayrim kishilarni qabul qilish uchun xizmat qiladi.
24