Tayyor dori vositalari savdosi bilan xizmat qiladigan dorixonalar
asosan shaharlarda, qishloqlarda, poliklinikalar qoshida va boshqa joylarda
tashkil qilinib, ular aholini retsept asosida yoki retseptsiz berishga ruxsat
etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiena buyumlari,
bogMov materiallari va bemorlami parvarish qilishda ishlatiladigan
ashyolar bilan uzluksiz ta’minlab turadilar.
Bolalarga xizmat qiladigan maxsus dorixonalar, asosan, katta
shaharlarda yoki viloyat markazlarida tashkil etilib,
bolalar uchun ishlab
chiqarilgan kichik dozada tayyorlangan dori vositalari yoki ekstemporal
ravishda retsept asosida tayyorlanadigan dori vositalari savdosini amalga
oshiradi. Dorixonada dori tayyorlash uchun zarur dori xom ashyolari
(substantsiyalar) va yordamchi materiallar zahirasi bodishi zarur.
Shuningdek, bolalar uchun tayyorlanadigan dori vositalari boshqa
tayyorlanadigan dori vositalaridan ta’mi, rangi va tashqi ko‘rinishi bilan
farq qilishi ko‘zda tutiladi.
Geriatrik dorixonalar, asosan, yoshi ulug‘
kishilarga xizmat qilish
uchun maxsuslashtirilgan bo‘lib, ushbu dorixonalar qariyalarning yoshi,
ruhiy fiziologik holatlarini hisobga olib, tegishli tartibda vrachlar
tomonidan yozib berilgan retseptlar asosida dori vositalarini berishlari
ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bu dorixonalar dorilarni saqlash,
ichish
tartib-qoidalarini ularga aniq tushuntirib, dori vositalari qabul qilish
bo‘yicha maslahat beruvchi markaz hisoblanadi.
Geriatrik dorixonalar shu toifadagi aholining dori vositasi bilan
ta’minlanayotganligini har taraflama tahlil qilib, ular uchun zarur dori
vositalari va tibbiy buyumlar ehtiyojini doimo o‘rganib boradi va shularni
dorixonada uzluksiz ravishda boiishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: