M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


 ‘ZBEKISTON FARMATSEVTIKA SANO ATI DAVLAT



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

0 ‘ZBEKISTON FARMATSEVTIKA SANO ATI DAVLAT
AKTSIONERLIK (O ZFARM SANOAT) KONSERNI
Respublika aholisining dori vositalariga bo'lgan ehtiyojini yaxshiroq 
qondirish va farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 2-iyundagi PF 290 - 
sonli farmoni asosida 0 ‘zfarmsanoat Davlat aksionerlik konserni tashkil 
etilib, uning tarkibiga bir qator ilmiy tekshirish institutlari va 
O‘zkimyofarm ishlab chiqarish birlashmasi kiritilishiga qaror qilindi.
0 ‘zfarmsanoat konsernining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- dori vositalari yaratish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, aholining, 
davolash-profdaktika muassasalarining dori vositalariga, biologik faol 
moddalarga. boshqa tibbiy va sanitariya - gigiena mahsulotlariga bo'lgan 
ehtiyojini qondirishga oid tadbirlami amalga oshirish;
- farmatsevtika 
sanoatini 
kompleks rivoj lantirish
ushbu 
tarmoq 
korxonalarini hududiy jihatdan joylashtirishni takomillashtirish, tabiatni 
muhofaza qilish siyosatini o'tkazish masalalari yuzasidan davlat 
hokimiyati va boshqaruvining respublika hamda mahalliy organlari bilan 
hamkorlikda ishlash;
- dori vositalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish 
sohasida 0 ‘zbekiston Respublikasida SSV ning boshqa vazirliklar va 
idoralar bilan birgalikda yagona ilmiy-texnika siyosatini o‘tkazish;
- respublikada dori vositalari ishlab chiqarishni ko'paytirish, xorijiy 
sheriklar bilan ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish 
va kengaytirish hisobiga ularni chetdan harid qilishni qisqartirish 
dasturini ishlab chiqish va izchil amalga oshirish.
13


2-bob. DORIXONALAR ISHINI TASHKIL QILISH
2.1. Dori vositalari bilan chakana savdo qilish qoidalari
0 ‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini keng joriy etish va 
chuqurlashtirish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rivojlantirish, respublika 
aholisini dori vositalari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida, yuqorida 
qayd etilganidek, Respublika “Dori-darmon” aksionerlik kompaniyasining 
viloyatlar, Toshkent shahrida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida uning 
hududiy birlashmalari tashkil etildi.
Dori vositalari bilan chakana savdo qilish huquqi, asosan, mulkchilik 
shaklining aksioner, jamoa va xususiy dorixonalariga ruxsat etildi. Bu 
dorixonalarga dori vositalarini sotishda tegishli tartib - qoidalarga amal 
qilish, ular bilan savdo qilish qoidalarini ta’minlash mas’uliyati yuklatilgan.
Dori vositalarini sotish 0 ‘zbekiston 
Respublikasining “Dori 
vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi 1997-yil 25-aprelda 
qabul qilingan Qonun asosida dorixona muassasalari tomonidan olib 
boriladi va dori vositalari faqat dorixona muassasalari orqali sotiladi.
Dorixona ishi dorixona ainaliyoti uchun xos boigan standartlarga 
muvofiq amalga oshiriladi. Dorixonalar ishini boshqarish shu qonunga 
asosan oliy farmatsevtika ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxslargagina ruxsat 
etilishi ta’kidlangan. Dorixona dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, 
ulaming sifatini nazorat qilish hamda davolash, kasallikning oldini olishga 
mo'ljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlarni, sanitariya va gigiena 
ashyolarini, shifobaxsh oziq-ovqatlarni, ma’danli suvlarni, davolash- 
kosmetika mahsulotlarini harid qilish, saqlash va sotishni amalga 
oshiruvchi tibbiyot muassasasi hisoblanadi. Dorixona muassasalari 
jumlasiga dorixonalar va ulaming shaxobchalari, davolash va kasallikning 
oldini olish muassasalarining dorixonalari kiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada dori vositalari 
sotishni tartibga solish to‘g‘risida’’gi 1994-yil 14-iyuldagi PF - 916 farmonini 
ijro etish hamda Respublika aholisini dori vositalari, vaksinalar va tibbiy 
buyumlar bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-sonli qarori e’ion 
qilindi, bunga asosan Respublika dorixona muassasalarida dori vositalari va 
tibbiy buyumlar sotish qoidalari, cheklangan chakana narxlarda sotiladigan 
va barcha dorixona muassasalarida mavjudligi majburiy bo'lgan eng zarur 
dori vositalari ro‘yxati tasdiqlangan.
14


O‘zbekiston Respublikasida dori vositalari bilan chakana savdo 
qilish huquqi “Dori-darmon” AK dorixona muassasalariga, shuningdek, 
mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV ning 
maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) ga ega bo‘lgan boshqa dorixonalarga 
ruxsat etiladi. Dorixona muassasalarida dori vositalarini sotishga faqat 
maxsus farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat beriladi. 
Dori vositalari va tibbiy buyumlarning dorixona muassasalaridan 
tashqarida - bozorlarda, ko'chada, jamoat joylarida va uyda sotilishi 
qat’iyan taqiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 
18-iyul 276-sonli qaroriga 
muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tkazilmagan va 
vakolatli laboratoriyada sifat bo'yicha nazoratdan o'tmagan dori vositalari 
va tibbiyot buyumlarini sotish mumkin emas.
Dori vositalarini aholiga vrach retsepti bilan va retseptsiz berish 
shuningdek, davolash-profilaktika muassasalariga beriladigan dori vositalari 
ro'yxati va ularni berish qoidalari 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV tomonidan 
tasdiqlanadi. SSV tomonidan vrachning retseptisiz berishga ruxsat etilgan 
dori vositalaridan tashqari, barcha dori vositalari dorixonalardan faqat 
belgilangan shakllardagi retseptlarga ko‘ra berilishi kerak.
Tayyor dori vositalari, berish vitrinasiga vrach retseptisiz beriladigan 
dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning narxi ko'rsatilgan holda qo‘yiladi.
Davolash-profilaktika muassasalari vrachlariga shifoxonada kerakli 
dori vositalari bo'lmaganda statsionar davolanishda bo‘lgan bemorlarga 
retsept yozib berishga ruxsat etiladi. Bunda dori naqd pulga sotib 
olinganligi haqidagi ma’lumot kasallik tarixiga yozib qo'yilishi shart.
Maxsus ijtimoiy himoyaga muxtoj bemorlarga bepul retseptlar 
bo'yicha dori vositalari, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar. barcha dorixona 
muassasalaridan beriladi. Dorixona muassasalari tomonidan retseptlar 
bo'yicha bepul berilgan dori vositalari Vazirlar Mahkamasining “Davolash- 
profilaktika muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillash- 
tirish to‘g‘risida”gi 
1997-yildagi 532-sonli qarorida ambulatoriyada 
davolashda dori vositalari bepul beriladigan kasalliklar va shaxslar ro‘yxatiga 
muvofiq amalga oshiriladi. Ularga haq to‘lash esa, sogMiqni saqlash 
muassasalari bilan tegishli tartibda tuzilgan shartnoma asosida amalga 
oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14- 
yanvardagi 19-sonli va 2000-yil 5-avgustdagi 307-sonli qarorlariga 
asoslanib, chakana dorixona tarmog‘ida dori vositalari va tibbiyot 
buyumlariga narx belgilashning yagona tartibi joriy etildi. Shunga asoslanib.
15


dori vositalari va tibbiyot buyumlari 0 ‘zbekiston Respublikasiga import 
bo‘yicha yetkazib berishda qatnashuvchi vositachilar sonidan qat’iy nazar, 
baza narxiga 20 foizdan ortiq bo‘lmagan, qolgan dori vositalari uchun ulgurji 
savdoda 20 foiz, chakana savdo uchun 25 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda 
cheklangan savdo ustamalari qoilanilgan holda shartnomaviy narxlar 
bo‘yicha ulgurji va chakana savdo tarmog’i orqali sotilishi belgilab qo‘yildi.
Ana shu qarorga asoslanib mulkchilik shaklining hamma turidagi 
dorixonalarda, dorixona fdiallarida va qishloq vrachlik punktlari qoshidagi 
dorixonalarda dori vositalarini, tibbiyot buyumlarini va bemorlarni 
parvarish qilishda ishlatiladigan sanitariya va gigiena ashyolarini aholiga 
sotish ushbu belgilangan chakana narxlarda amalga oshiriladi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin