moliyaviy faoliyati istiqbolini mustaqil belgilaydi, bozor konyukturasini
tashkil etgan holda, marketing xizmatini ko'rsatadi, daviat va boshqa
organlarda o'z ta’sischilarining manfaatlarini ifodalaydi.
“Dori - darmon” DAU faoliyatini takomillashtirish maqsadida
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-may 131-sonli qarori bilan DAU
“Dori -darmon” aktsiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi. Ushbu qarorga
ko‘ra “Dori-darmon” AK ning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘na!ishlari
etib quyidagilar belgilandi:
- 0 ‘zbekiston Respublikasi aholisini sifatli dori vositalari va tibbiyot
buyumlari bilan ta’minlash;
-marketing tadqiqotlari o‘tkazish hamda hayotiy muhint bo‘lgan
asosiy dori -darmonlar va tibbiyot buyumlariga, shu jumladan, giyohvand
va hisobda turadigan psixotrop preparatlarga buyurtmalarni shakllantirish
hamda tuziladigan shartnomalar asosida respublika sog‘liqni saqlash tizimi
muassasalarining ularga boMgan ehtiyojini ta’minlash;
- O ‘zbekiston Respublikasi SSV tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat
bo'yicha daviat rezervining dori vositalari va tibbiyot buyumlariga
ehtiyojlarini qondirishni ta’minlash;
- “Dori -darmon” AK tarkibiga kiradigan dorixona muassasalari
faoliyatini muvofiqlashtirish, mavjud farmatsevtika mahsulotlari resurslari
to‘g‘risidagi yagona respublika axborotlar tizimini yaratish;
- dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni tashkil
etishga investitsiyalarni jalb qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish.
Ushbu qarorga muvofiq “Dori - darmon” AK tarkibiga kirgan korxona
va tashkilotlar ro‘yxati va tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Dostları ilə paylaş: