Hozir eng katta dorixonalarda 4 ta bo'lim boiishi tavsiya etiladi. Sobiq ittifoq
davrida va hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasida bu dorixonalar 1-guruh
dorixonalari deb yuritiladi va yuqorida qayd etilgan boiimlardan tashqari,
ularda yana bir necha bo'limlar bo'lishi mumkin deyiladi.
Bizning respublikamizda ham yuqorida qayd etilgan 4 ta boiimdan,
ya’ni retseptura ishlab-chiqarish bo'limi, retsept bilan beriladigan tayyor
dorilar bo'limi, g'amlamalar bo'limi va retseptsiz sotishga ruxsat etilgan
dorilar bo'limlari mavjud bo'lgan dorixonalar faoliyat ko'rsatmoqda. Lekin
bu bo'limlar
soni cheklanadi degan gap emas, dorixonada yana boshqa
bo'limlar ham ochish mumkin. Masalan, sanitariya-gigiena bo'limi,
ko'zoynaklar bo'limi, gomeopatik dorilar bo'limi, fitobar va boshqalar.
Bu bo'limlami bo'lim boshliqlari va ulaming yordamchilari boshqaradi.
Bo'lim boshliqlari va lining yordamchilari, asosan, oliy ma’lumotli
farmatsevtlar bo'ladi. Lekin sanitariya-gigiena bo'limi, ko'zoynaklar bo'limi,
fitobarlarda bo'lim boshliqlari va ulaming yordamchilari lavozimlarida o'rta
maxsus ma’lumotli farmatsevt assistentlar ishlashlariga ruxsat etiladi.
Har bir bo'lim o'zining tegishli vazifalarini bajaradi.
Retseptura-ishlab chiqarish bo'limi yakka tartibdagi ambulatoriya
retseptlari va davolash-profilaktika muassasalarining talabnomalari asosida
ekstemporal yoki tayyor dori vositalarini aholiga tayyorlab berish, sifatini
nazorat qilib, ichish va saqlash tartib qoidalarini
ularga tushuntirib berish
bilan shug'ullanadi. Zarur bo'lib qolgan taqdirda dorixona mutaxassislari
aholiga birinehi tibbiy yordam ko'rsatishadi.
G'amlamalar bo'limi dori vositalariga, tibbiy va boshqa bemorlarni
parvarish qilish buyumlariga buyurtma-talabnomalar yozib dorixona
ta’minotchilariga: farmatsevtika zavodlariga yoki ulgurji dorixona
muassasalariga, firma va ishlab chiqarish korxonalariga jo'natadi.
Shuningdek, bo'lim mutaxassislari doimiy ravishda dori vositalari va
boshqa tibbiy buyumlarga bo'lgan ehtiyojni o'rganib. aniqlab boradilar.
Bo'limda dori vositalarini
tegishli tartibda saqlash, boshqa bo'limlariga
dori vositalarini berish, shuningdek, shu bo'limda tez-tez takrorlanib
turadigan retseptlar asosida yarim fabrikat va standartlarni tayyorlash bilan
ham shug'ullanib, tegishli tartibda ular sifatini nazorat qilish, laboratoriya-
qadoqlash ishlari amalga oshiriladi.
Tayyor dorilar bo'limi esa aholidan
va davolash-profilaktika
muassasalaridan tayyor dorilarga kelib tushgan retseptlar asosida
farmatsevtika-ishlab chiqarish korxonalaridan keltirilgan dori vositalarini
berish bilan shug'ullanadi. Bu bo'limda, asosan, oliy ma'lumotli
farmatsevtlar faoliyat ko'rsatadilar.
26
Retseptsiz sotishga ruxsat etilgan dorilar bo'limida O‘zbekiston
Respublikasi SSV tomonidan retseptsiz sotishga ruxsat etilgan dori
vositalari sanitariya-gigiena buymlari va tibbiy buyumlar, yosh bolalarning
maxsus ovqatlari va bemorlami parvarish qilishda ishlatadigan boshqa
buyumlar sotish bilan ham shug‘ullanadilar.
Ayrim dorixonalarda shu
bodimdan bemorlarga kislorod yostiqlari ham beriladi.
Dostları ilə paylaş: