Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish
3.2. ATS (anatomical therapeutic chemical classification system) turkumlanish tizimi Jahon sogMiqni saqlash tashkiloti (JSST) turli davlatlar vrachlariga
va farmatsevtlarga amaliy faoliyat uchun dori vositalarining ATS
turkumlanish tizimini tavsiya etadi.
Ushbu tizim bozoming marketingli izlanishida, dori vositalari
ehtiyoji va iste’moli tahlilida, reklama va boshqa jarayonlarda qoMlanilishi
mumkin. ATS turkumlanish tizimini JSST tomonidan 1996-yilda tavsiya
qilingan xalqaro standart deb qarash mumkin .
ATS turkumlanish tizimi - bu dori vositalarini ma’lum anatomik
organ yoki sistemaga hamda ularning kimyoviy, farmakologik va
terapevtik xususiyatlariga qarab guruhlarga bo'lishga asoslangan. Shunday
qilib, ushbu turkumlanish bir nechta darajaga ega bo‘lib, har bir dori
vositasiga ATS ning ma’lum guruhiga mansublik kodi beriladi.
Vositalar 5 ta turli darajali guruhlarga turkumlanadi.
1 - daraja - lotin harflari bilan belgilangan 14 ta asosiv anatomik
guruhlar. Dori vositasi kodida quyidagi harf birinchi bo‘lib joylashgan:
A - Ovqat hazm qilish sistemasiga va metabolizm jarayoniga ta’sir
qiluvchi vositalar.
V - Qon sistemasi va gemopoezga ta’sir etuvchi vositalar.
S - Yurak-qon tomirlarga ta'sir etuvchi vositalar va boshqalar.
2 - daraja - asosiv terapevtik (farmakologik) guruh, bunda vositalar
asosiy terapevtik natija yoki farmakologik xususiyatiga qarab bo‘linadi.
Kodda ikkita arab sonlari bilan belgilanadi, 01 dan boshlab:
A - Ovqat hazm qilish sistemasiga va metabolizmga ta’sir qiluvchi
vositalar.
API - Stomatologiyada foydalaniladigan vositalar.
A02 - Antatsidli, me’da yarasiga qarshi va vetrogen vositalar va
boshqalar.
3 - daraja - kichik terapevtik (farmakologik) guruh. kodda bitta lotin
harfi bilan belgilanadi.
A - Ovqat hazm qilish sistemasiga va metabolizmga ta’sir qiluvchi
vositalar.
A02 - Antatsidli. me’da yarasiga qarshi va vetrogen vositalar.
A02A - Antatsidlar.