Magistratura mutaxassisliklari


Telekommunikatsion texnologiyalar



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə48/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Telekommunikatsion texnologiyalar


Hisoblash tizimlarining rivojlanishi natijasida kompyuter tarmoqlari arxitekturasining quyidagi turlari shakllandi:
Bir rangli arxitektura (bir nechta kompyuter uchun bir tizimli blok). Bir rangli arxitekturada hisoblash tizimining barcha manbalari, axborot ham, meynfreym (main frame – EHM markaziy bloki) deb nomlanuvchi markaziy EHMda jamlangan. Asosiy kirish vositasi sifatida, markaziy EHM bilan kabel orqali ulangan, bir turli alfavit-raqamli terminallardan foydalanilgan.
«Mijoz-server» klassik arxitekturasi. Bu arxitekturada ishchi stantsiya va tarmoq serveri o’rtasida quyidagi modellar ajratiladi:

  1. masofaviy ma’lumotlarga kirish modeli (yuqori bo’lmagan samaradorlik, axborotlarga ishchi stantsiyalarda ishlov beriladi);

  2. berilganlarni boshqarish serveri modeli – ma’lumotlardan tashqari manba menejeri joylashadi (masalan, BBBT (bedrilganlar bazaini boshqarish tizimi) –maxsus kirish operatorlari (SQL) orqali ta’minlanadi);

  3. kompleks server modeli (ishlov berish holatida vaqt bo’yicha axborot hajmi o’zgarmaydigan holatlarida foydalanish maqsadga muvofiq); u katta hajmli va vaqt bo’yicha o’suvchi axborotlarga ishlov berishga yo’naltirilgan katta tarmoqlar uchun optimal hisoblanadi;

  4. uch bo’g’inli «mijoz-server» arxitekturasi (birinchi bo’g’in mijoz

92
– kompyuter, ikkinchisi – «ro’yxatlar» serveri, uchinchi – ma’lumotlarni boshqarish serveri).
Web-texnologiyaga asoslangan «mijoz-server» arxitekturasi. Web- texnologiyaga ko’ra, serverning ishchi stantsiyasida bajarilishini vizuallashuvchi va navigatsiya dasturi (Web-navigator, Web-brauzer) yordamida hujjatlar joylashtiriladi. Texnologiyada gipermurojaat tizimi mavjud.

Sun’iy tafakkur texnologiyasi


Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan axborot tizimi tushunchasi ma’nosi ham o’zgardi. Zamonaviy axborot tizimi – bu axborotning hayot jarayonini ta’minlashga yo’naltirilgan axborot texnologiyalari to’plami bo’lib, o’z ichiga uchta asosiy jarayonni oladi: ma’lumotlarga ishlov berish, axborotni boshqarish va bilimlarni boshqarish.
Prof. Pospelovning ta’rifiga ko’ra, quyidagi asosiy funksiyalar bajarilsa, tizim intellektual deyiladi:
tizimni o’rab turgan muhit haqida bilimlarni to’plash, ularning paragmatik nuqtai nazardan foydaliligini baholash, yangi bilimlarni olish jarayonlarini amalga oshirish, avvalgi ma’lumotlarni yangi ma’lumotlar bilan taqqoslash;
mantiqiy xulosalar natijasida bilimlarni to’ldirish va o’z faoliyatini mantiqiy loyihalash;
inson bilan inson tiliga yaqin tilda muloqot qilish va o’rab turgan olamni bilish uchun inson qo’llaydigan kanallardan axborot qabul qilish, xotirada saqlanayotgan bilimlar asosida foydalanuvchiga yordam ko’rsatish, o’zi uchun yoki inson (foydalanuvchi) iltimosi bilan o’zining faoliyati tushunchalarini shakllantirish.
Sanab o’tilgan funksiyalarni bilimlarni taqdim etish va ularga ishlov berish, fikrlash va muloqot qilish funksiyalari deb qarash mumkin.
Majburiy tashkil etuvchilardan tashqari, aniq tizimda qo’llanilish sohasi va yechilayotgan masalalarga qarab, bu funksiyalar turli darajada bajarilishi mumkin. Bu tizimning individualligini ifodalaydi.
Intellektual tizimlarni kiritilayotgan funksiyalarni amalga oshiruvchi tashkil etuvchilarni to’plashiga qarab, quyidagi asosiy turlarga ajratish mumkin:
axborot qidiruv intellektual tizimlari; tadqiqot tizimlari;
mantiqiy-hisob tizimlari; gibrid tadqiqot tizimlar.
93
Axborot qidiruv intellektual tizimlari muammoga yo’naltirilgan (faktografik) berilganlar bazasi bilan, tabiiy tilga nisbatan grammatik va leksik chegaralangan, muloqot qilish tizimlari hisoblanadi. Bunday tizimlar uchun bilimlar omboridan tashqari, muammo sohasida bilimlarni taqdim etishning semantik modelini amalga oshiruvchi lingvistik protsessordan foydalanish xarakterlidir.
Tadqiqot tizimlari, hozirgi kunda, intellektual tizimning jadal rivojlanayotgan sinflaridan biri hisoblanadi. Bu tizimlar, birinchi navbatda, ilm-fan va texnikaning matematika kam formallashgan sohalarida rivojlana boshladi. Masalan, sport, tibbiyot, geologiya, biologiya va boshqalar.
Mantiqiy-hisob tizimlari masalalarning boshlang’ich ma’lumotlari matematik modellarining murakkabligidan qat’iy nazar, boshqaruv va loyihalash masalalarini yechish imkonini beradi. Bunda, hisoblash jarayoni bosqichida, foydalanuvchiga muloqot rejimida nazorat qilish imkoniyatini taqdim etadi. Umumiy holda, muammoning bayoni bo’yicha, predmet sohasi tilida matematik modelini avtomatik qurish va funksional masalalarning tuzilishidan ishchi dasturlarni tahlil qilishni ta’minlaydi.
So’nggi vaqtlarda gibrid tadqiqot tizimlar maxsus sinf sifatida ajratilmoqda. Bunday tizimlar axborot-qidiruv, tadqiqot, mantiqiy-hisob tizimlarining eng yaxshi tomonlarini o’zida jamlashi zarur. Gibrid tadqiqot tizimlarni ishlab chiqish sohasi boshlang’ich bosqichda turibdi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin