Magistratura mutaxassisliklari


Internet xalqaro tarmog‘i Internet tushunchasi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə53/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

9. Internet xalqaro tarmog‘i

Internet tushunchasi


Barcha tarmoqlarni bir necha turga ajratish mumkin (hududiy jihatdan):
lokal hisoblash tarmog’i (LAN) – bir yoki bir nechta binolarda joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi tizim;
hududiy (hududiy hisoblash tarmog’i (WAN)) – bir nechta hisoblash tarmoqlarini birlashtirishdan hosil bo’ladi. Ayrim hollarda hududiy tarmoq global hisoblash tarmog’i deb ham yuritiladi;
Internet – supertarmoq yoki tarmoqlar tarmog’i. Bunday nomlanish shuning bilan izohlanadiki, Internet 100 dan ortiq davlatlardagi o’n minglab kompyuter tarmoqlarini birlashtiradi.
Internet – axborotlarni qidirish, saqlash va uzatish uchun ajoyib tarmoqdir. Bu hayotimizning axborot loyihasidir.
Uning xizmat doirasi keng:
ilm va san’at, tijorat va siyosat;
o’qish va ish, dam olish va ko’ngilochar o’yinlar;
ajoyib insonlar bilan uchrashuvlar, xizmat sohasi va boshqalar. Internetning barcha axborotlari elektron ko’rinishda taqdim etilgan.
Internet – jahon bo’yicha kompyuterlar tarmoqlaridan tuzilgan yaxlit tarmoq bo’lib, unda yagona «til» – andoza-qoidalar majmui asosida axborot almashadilar. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda Internetni tarmoqlarning tarmoqi sifatida qabul qilish to’g’ri bo’ladi.
Internet unga ulangan tarmoqqa kiruvchi kompyuterlarning o’zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet davlat buyurtmalarini bajarishda tashkilotlarning birgalikda olib boriladigan faoliyatlarini yengillashtirish maqsadida o’tgan asrning 60-yillari oxirida (yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, 1969-yilning 2-yanvarida) AQSh


107
mudofaa vazirligining loyihasi asosida yuzaga kelgan. Bu boshlang’ich tarmoq ARPANet bo’lib, avvalo Kaliforniya va Yuta shtatlaridagi 4 ta kompyuterni o’zaro bog’lagan. 1972-yilda ARPANet tajriba tarmog’i namoyish etiladi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo’lib, barcha kompyuterlar teng huquqli bo’lishga va resurslarga faqat murojaat qilishga mo’ljallangan dasturiy ta’minot yordamidagina kirish mumkin bo’lgan. Keyinchalik bu tarmoq kengayib 80-yillar oxirida (1987-yil NSFNet Backbon) AQSh milliy ilmiy jamiyatning ixtiyoriga topshirildi va NSFNet (National Science Foundation (NFS) – Milliy ilmiy fond) shaklida rivoj topdi. Bu davrda boshqa davlatlarda ham milliy tarmoqlar shakllana bordi. Asta-sekin turli davlatlarning kompyuter tarmoqlari birlasha bordi va 90-yillarga kelib hozirgi Internet tarmog’i shaklandi.
Internetdan foydalanishda quyidagi tendentsiyalar kuzatildi:
1981-yilda 213 ta kompyuter; 1983-yilda 562 ta kompyuter; 1986-yilda 5089 ta kompyuter; 1992-yilda 727000 ta kompyuter;
1995-yilda 20 mln.dan ortiq kompyuter.
Bundan ko’rinib turibdi-ki, Internet tarmog’iga ulangan kompyuterlar soni yil sayin ortib bormoqda.
Internetga egalik qilish huquqi hech kimga berilmagan, ya’ni turli davlatlar vakillaridan tashkil topgan BMTga o’xshash maxsus nazorat qiluvchi tashkilotlar yo’q. 1998-yilda Amerika hukumati Internetga tegishli bo’lgan masalalarni yechish (foydalanuvchilarning huquqilarni himoyalash, intellektual mulkni himoyalash, ta’magirlikka qarshi kurash va h.k.) uchun bir nechta notijorat tashkilotlarini tashkil qilishni taklif qildi. Natijada Internet Corporation for Assigned Names & Numbers (ICANN) tashkiloti yuzaga keldi.
Internet XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli jahondagi millionlab kompyuterlar yagona tarmoqqa birlashtirildi. Bosh kompyuterni internet tarmog’iga ulash uchun joylardagi internet ishini boshqaruvchi tashkilotga murojat qilinishi kerak.
Kompyuterni internetga yuklash uchun dastlab telefon tarmog’i orqali internetda xizmat ko’rsatadigan provayder serveriga ulanish kerak bo’ladi. Ulanish vaqtida kompyuterda mijozning ismi (login) va paroli kiritilishi talab qilanadi. Agar kiritilgan ism va parol to’g’ri bo’lsa, mijozning kompyuteri provayder serveriga ulanadi. Ulanish va uning tezligi xaqida ma’lumot oynasi hamda kompyuterning topshiriqlar jadvalida oldinma-keyin joylashgan kompyuterlar tasviri paydo bo’ladi.


108
Ushbu jarayonlar to’g’ri bajarilgandan so’ng, istalgan biror-bir brauzer- dastur yordamida Internet tarmog’iga ulaniladi. Agar aloqa o’rnatilmay qolsa, aloqa o’rnatilmaganligi haqida xabar beruvchi oyna paydo bo’ladi. Bunday xolda aloqani o’rnatish uchun yuqoridagi jarayon qayta takrorlanadi.
Internet tarmog’ida barcha mavjud bo’lgan aloqa tarmoqlaridan foydalanilmoqda: past tezlikdagi telefon tarmoqlaridan yuqori tezlikdagi raqamli sputnik kanallarigacha. Internet tarmog’ida ko’plab kompyuterlar Unix yoki VMS operatsion tizimlarida ishlamoqda. Bundan tashqari, NetBlazer yoki Cisco turidagi maxsus tarmoq marshrutizatorlari taqdim etilgan. Internetda «WWW» nom tarkibiga kiruvchi manbalar ko’pchilikni tashkil etadi. Yuqori darajaning eng katta domeni «COM» hisoblanadi va u 3,96 mln.dan ortiq saytga ega bo’lib, saytlar umumiy sonining 25% ini tashkil etadi. Hozirda EDU, NET, Japan, NIL domenlari ham tez kengayib bormoqda.
Internet turli korxona va tashkilotlarga tegishli bo’lgan ko’plab lokal va global tarmoqlardan tashkil torgan. Bu tarmoqlar o’zaro turli aloqa tarmoqlari orqali bog’langan. Internetni turli kattalikdagi tarmoqlardan tashkil topgan va o’zaro bir-biri bilan xabar, fayl va boshqalar jo’natib, faol aloqada bo’lgan mozaika ko’rinishida tasavvur qilish mumkin.
Internet tarmog’ini tashkil etuvchi negiz kompyuterlar xostlar (Host)
yoki tarmoq bo’g’inlari deyiladi. Bunday kompyuterlar o’rtasida aloqa
24 soat mobaynida davom etadi. Ular ilmiy va o’quv binolarida, korxonalarda, katta firmalarda va boshqa korxonalarda joylashgan. Tarmoq bo’g’inlari o’rtasida aloqa shisha tolali, sputnikli, radioreleli va telefon kanallari orqali amalga oshiriladi.
Internet ko’pqavatli tarkibga ega. Asos tarmoqda yuqori tezlikdagi optik bog’lanish kanallaridan foydalaniladi. Unga lokal tarmoqlar va kompyuterlar bilan o’zaro aloqalarni ta’minlovchi hududiy tarmoqlar ulangan. Lokal tarmoqlar va kompyuterlar Internet provayderlari deyiladi.
Internet provayderi – bu Internet xizmatini taqdim etuvchi firma yoki tashkilot. Internetda ishlash sifati va qulayligi provayderga bog’liq.
Yaxshi provayderni tanlashda quyidagi qiyinchilar mavjud:

  1. Internet xizmati to’plami va ularning narxi.

  2. Provayder bilan aloqaning sifati (provayderning kirish tarmoqlarida qanday modem o’rnatilgan – sifatli modemlar aloqani ishonchliroq ta’minlaydi);

  3. Internetning boshqa provayderlari bilan o’tkazuvchanlik



109
qobiliyati.

  1. Ma’lumotlarni uzatishda bog’lanish tezligi.

  2. Texnik yordam va maslahat xizmatining mavjudligi yoki mavjud emasligi.

2005-yilga kelib O’zbekistonda provayderlar soni salkam 600 taga yetdi. Internet tarmog’idan foydalanuvchilar soni esa 780 ming nafarni tashkil etdi. To’rt mingga yaqin o’zbek saytlari ro’yxatdan o’tkazildi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin