Internetda ishlash uchun avvalambor unga ulanish lozim. Internetga ulanish uchun kompyuter doimiy IP-manzilga ega bo’lgan kompyuterga ulanishi lozim. Bunday tashkilotlar Internet xizmati taqdim etuvchilar yoki servis-provayderlar deyiladi. Xizmat ko’rsatish uchun shartnoma tuzilganda Internet xizmati taqdim etuvchi quyidagi axborotlarni taqdim etadi:
Telefon raqami – modem va telefon tarmog’i orqali masofaviy bog’lanishni amalga oshirish uchun.
Foydalanuvchi nomi (login)– bog’lanish davrida ro’yxatdan o’tkazish uchun kiritilishi lozim.
Parol (password)– kiritish foydalanuvchining haqqoniyligini tasdiqlaydi.
Internetga ulanishning bir necha usullari mavjud. Biz ularning ba’zilari bilan qisqacha tanishib o’tamiz
Kommutatorli (oddiy) telefon tarmog‘i.Modem yordamida kommutatorli (oddiy) telefon orqali ulanish eng ommaviy usul hisoblanadi. Buning uchun modem (ichki yoki tashqi) o’rnatish va Internet-brauzerni (amaliy dastur) sozlash lozim (Windowsda «sozlash ustasi (masteri)» barcha zarur bo’lgan savollarni beradi). Albatta, provayder bilan shartnoma tuzish va provayder bilan bog’lanishi uchun telefon raqami, foydalanuvchi nomi va parol olish zarur. Provayder ihtiyoriy joyda bo’lishi mumkin, ammo imkon qadar yaqin provayderni tanlash maqsadga muvofiq (telefon tarmog’i nuqtai nazaridan). Modem orqali ulanishning bir qator kamchiliklari mavjud: tarmoqdan ma’lumotlarni qabul qilish 56 Kbit/s.dan ortmaydi, uzatish esa bundan ham past. Aloqa tarmog’i (Dial-up) orqali kirish uchun xonadoningizda yetarli darajada sifatli telefon tarmog’i bo’lishi zarur. Agar telefon orqali suhbat davrida turli shovqinlar va uzilishlarni eshitsangiz – tarmoq yetarli darajada sifatli emas.
Ajratilgan tarmoqorqali ulanish eng tez usul bo’lib, ommaviyligi jixatidan ikkinchi o’rinda turadi (kommutatorlidan so’ng). Ikki yoki to’rt simli telefon kabeli va maxsus modemdan foydalaniladi. Bunday ulanish telefon bilan bog’liq emas, faqat telefon kabelidan foydalaniladi. Bu
112
yerda Internetxizmati taqdim etuvchiga to’g’ridan-to’g’ri ulanish orqali amalga oshiriladi. Bunday ulanish provayder kompyuteridan sizning kompyuteringizgacha kabel tortish orqali amalga oshiriladi va uzluksiz kirishga ega bo’lasiz. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 64 Kbit/s. dan 256 Kbit/s. gacha. Telefon kabellarida har doim ham bo’sh juftliklar bo’lmaganligi sababli, ulanish tashkiliy jihatdan murakkab bo’lishi mumkin. Aloqa tezligi va sifati oddiy modemlardan yuqori va shunga mos ravishda qurilmalar narxi ham yuqori bo’ladi.
Radiokanal. Ancha qimmat bo’lgan bog’lanish usuli. Uzatish tezligi 64 Kbit/s.dan 2 Mbit/s. gacha bo’lishi mumkin. Radiokanaldan shaharning turli burchaklarida joylashgan lokal tarmoqlarni bog’lashda foydalanish maqsadga muvofiq.
Sputnik kanali. Sputnik kanalidan foydalanish uchun kompyuterga ulangan maxsus adapter (qabul qilgich) va sputnik antennasi kifoya qiladi. Teskari aloqa oddiy telefonli ulanish kabi. Apparat vositalariga bo’lgan minimal talab quyidagicha: kompyuter kamida 66 Mgs chastotaga ega bo’lgan 486 protsessorga va Microsoftfirmasining barcha keyingi operatsion tizimlariga (Windows 95, 98, NT va boshqalar) ega bo’lishi lozim. Bu yerda uzatish tezligi 400 Kbit/s. ga yaqin.