Magistratura mutaxassisliklari


Internetning servis funksiyalari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə57/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Internetning servis funksiyalari


Internet servisi yoki xizmati deyilganda, odatda tarmoqqa kiruvchi foydalanuvchilar uchun ko’rsatiladigan xizmatlar tushuniladi.
Kompyuter arzon va yuqori samaradorlikka ega bo’lgan ishchi anjomga aylandi. Hozirgi kunda kommunikatsiya va Internet sanoatning ixtiyoriy tarmog’ida, savdoda, transportda, ta’limda, ilmda samarali ishlash uchun zarur. Internetga axborot uchun kiradilar. Uning manbai tarmoq kompyuterlarida joylashgan manbalar hisoblanadi. Har bir manba ma’lum turdagi tarkibga ega bo’lib, o’z operatsion tizimiga (platforma) va ularga kirish uchun maxsus xizmatchi dastur – server- dasturga ega bo’lgan mashinalarda to’planadi. Bunday dastur bajarilayotgan tarmoqda to’xtovsiz ishlovchi mashinalar ham ko’pincha server deb ataladi. Foydalanuvchining server bilan bog’lanishi uning kompyuterida ishga tushuriluvchi mos dastur (mijoz-dasturlar) yordamida amalga oshiriladi va bunday bog’lanish avvaldan aniqlangan qoidalar yoki mijoz va server o’rtasidagi o’zaro aloqalar protokoli asosida amalga oshiriladi.
Internetning axborot manbalari – bu barcha axborot texnologiyalari, bu texnologiyalar yordamida kirish mumkin bo’lgan va doimiy tiklanish rejimida mavjud bo’lgan berilganlar bazalaridir.
Internet tarmog’i orqali taqdim etilayotgan barcha xizmatlarni shartli ravishda ikki toifaga bo’lish mumkin: tarmoq abonentlari o‘rtasida axborot almashish va tarmoq berilganlar bazasidan foydalanish.
Internet foydalanuvchilari bilan bog’lanish xizmatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
WWW–servis (World Wide Web) – bu Internetning eng ommaviy va eng taniqli xizmati bo’lib, 1993–94-yillarda Internet tarkibiga kiritilgan. Uni «O‘rgimchak to‘ri» yoki sodda qilib Web deb ham atashadi.
E-mail – elektron pochtani uzatish xizmati Internet tarmog’ining


115
ixtiyoriy abonyenti bilan pochta almashinuvini amalga oshirish mumkin. Ham matnli, ham ikkilik fayllarni uzatish imkoniyati mavjud.
MCI Mail – savdo uchun mo’ljallangan va Internet bilan bog’langan. Mijozlarga quyidagi xizmatlarni ko’rsatadi: pochta, faksimil va teleks.
UseNet – tarmoq yangiliklarini olish, tarmoq elektron e’lonlar taxtasini olish va unga axborotlarni joylashtirish imkoniyati. Internet tarmog’ining elektron taxtalari mavzular bo’yicha shakllantirilgan. Foydalanuvchi o’z ixtiyoriga ko’ra xohlagan yangiliklar guruhiga a’zo bo’lishi mumkin.
IRC (Internet Relay Chat) – Internet tarmog’i orqali suhbatni uzatish. Bu tizim foydalanuvchilarga tezkor rejimda murojaat qilish imkonini beradi. Insonlar guruhi qandaydir aniq munozara mavzusini qo’llovchi kanallarga birlashadilar. Xabar kiritilib, Enter klavishi bosilgandan so’ng, bir necha sekundda u kanalning barcha ishtirokchilari ekranida hosil bo’ladi.
TelNet – kompyuterlarga masofaviy kirish xizmati. Abonentga Internet tarmog’ining ixtiyoriy kompyuteridan o’zining shaxsiy kompyuteri sifatida foydalanish, ya’ni dasturlarni ishga tushurish, fayllarni o’qish va h.k.lar uchun imkon beradi.
FTP (File Transfer Protocol) – fayllarni uzatish protokoli. Abonentga ikkilik va matnli fayllarni tarmoqning ixtiyoriy kompyuteri bilan almashish imkonini beradi. Foydalanuvchi masofaviy kompyuter bilan aloqa o’rnatib, undan o’z kompyuteriga fayllardan nusxa olishi yoki o’zining kompyuteridan masofaviy kompyuterga faylning nusxasini ko’chirishi mumkin. FTP kirishi mumkin bo’lgan fayllar to’plami FTP- arxivlarga birlashtirilgan. Bunday fayllar tematika va kataloglar bo’yicha tartiblangan.
NFS (Network File System) – taqsimlangan faylli tizim. Abonentga masofaviy uzoqlashgan kompyuter faylli tizimidan shaxsiy kompyuter tizimi sifatida foydalanish imkonini beradi.
Lpr – tarmoqda chop qilish. Masofaviy (tarmoq) printerga chop qilish uchun faylni yuborish.
Lpq – tarmoqda chop qilish. Tarmoq printerida navbatda turgan fayllarni ko’rsatadi.
Ping tarmoq orqali masofaviy EHMga kirishlilikni tekshirish.
Talk – masofaviy uzoqlashgan foydalanuvchi bilan «suhbatlashish» imkonini beradi. Bunda kompyuter ekranida kiritilayotgan matn va masofaviy foydalanuvchi javoblari bir vaqtda chiqariladi.
Yuqorida keltirilgan asosiy xizmatlardan tashqari, Internet tarmog’i


116
quyidagi spesifik xizmatlarni ham taqdim etadi:
Who is (kim bor) – Internet tarmog’i manzillar kitobi. So’rovga ko’ra masofaviy kompyuterlar va foydalanuvchilar haqida axborot olish mumkin.
Gopher – Internet tarmog’ida keng tarqalgan axborot qidirish vositasi bo’lib, kalit so’zlar va iboralar asosida zarur axborotni qidirib topish imkonini beradi. Gopher tizimi bilan ishlash mundarijani ko’rishni eslatadi, bunda foydalanuvchiga bir qator ichma-ich joylashgan menyulardan o’tish va zarur mavzuni tanlash taklif etiladi. Hozirgi kunda Internet tarmog’ida 2000 dan ortiq Gopher-tizimlar mavjud. Ular yordamida har doim zarur axborotlarni topish mumkin.
Muammolar yuzaga kelganda Veronica xizmatidan foydalanish mumkin. Veronica foydalanuvchilarni o’zlari qidirish zaruratidan ozod qilgan holda Gopherning 500 dan ortiq tizimlarida qidiruvlarni amalga oshiradi.
Wais – axborot olish vositasi. Gopherga nisbatan yanada kuchli vosita hisoblanadi. Chunki u hujjatlarning barcha matnlarida kalit so’zlarni qidirishni amalga oshiradi. Waisga so’rovlar soddalashtirilgan ingliz tilida yuboriladi. Bu ularni mantiqiy algebra tilida shakllantirishga nisbatan juda yengil va mutaxassis bo’lmagan foydalanuvchilar uchun Waisni yanada jozibador qiladi. Wais bilan ishlash jarayonida foydalanuvchilar zarur materiallarni topish uchun ko’p vaqt sarflamaydilar. Internet tarmog’ida 200 dan ortiq Wais-kutubxonalar mavjud. Axborotlar akademik tashkilotlar xodimlari tomonidan taqdim etilganligi sababli, ularning asosiy qismini kompyuter sohasidagi bilimlar va izlanishlar tashkil etadi.
Webster – ingliz tili slovarining tarmoq talqini.
Faks-servis – foydalanuvchiga tarmoq faks-serveridan foydalangan holda faksimil aloqasi yordamida xabar jo’natish imkonini beradi.
Elektron tarjimon – unga jo’natilgan matnni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishni ta’minlaydi. Elektron tarjimonga murojaat qilish
elektron pochta orqali amalga oshiriladi.
Amalda tarmoqning barcha xizmatlari mijoz-server printsipiga asosida qurilgan. Internet tarmog’ining serveri deyilganda mijozlarga qandaydir tarmoq xizmatlarini taqdim eta oladigan kompyuterlar tushuniladi. Mijoz- server aloqasi odatda quyidagicha amalga oshiriladi: mijozlardan so’rovlar kelganda server tarmoq xizmatlari ko’rsatuvchi turli dasturlarni ishga tushuradi. Ishga tushurilgan dasturlarning bajarilishi natijasida server mijozlarning so’rovlariga javob beradi.
Tarmoqning barcha dasturiy ta’minotini ikki guruhga bo’lish


117
mumkin: mijoz va server dasturiy ta’minotlari. Bunda serverning dasturiy ta’minoti tarmoq xizmatlarini taqdim etish uchun xizmat qiladi. Mijoz dasturiy ta’minoti esa serverga so’rovlarni uzatish va ularga javoblarni olishni ta’minlaydi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin