53
onalar maydonga chiqadilar. Faqat ana shunday tarzda bolani shaxs sifatlariga
baho bera olish imkoniyatlariga ega bo’lamiz.
Birinchi metodikamiz bolalardagi yutuqqa erishish motivining taraqqiyot
darajasini baholashga mo’ljallangan. Bunda maktabgacha tarbiya yoshdagi
bolalarning har-xil vaziyatlardagi faoliyatida muvaffaqiyatga faol intilishlari tadqiq
qilinadi. Yutuqqa erishish motivi shaxsga tug’ma holatda berilmaydi. Balki
maktabgacha tarbiya yoshida shakllanib borib, bola maktabga qabul qilinayotgan
davrga kelib, bola beqaror shaxs sifatiga aylanishi mumkin. 5-6 yoshli bolalarda,
ushbu ehtiyoj ularning individual sifatlarida bir-biridan juda katta farqlanadi.
Bunda yutuqqa erishish motivi kuchli bo’lgan bolalar asosan hayotida juda katta
muvaffaqiyatlarga erishadilar. Agar ushbu ehtiyoj sust rivojlangan bo’lsa, u holda
omadsizliklardan qochish motivi bolalarda yuqori o’rinda turadi.
Dostları ilə paylaş: