1
MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGLARI UCHUN
PSIXOLOGIK XIZMATDAN
INNOVATSION
USLUBIY QO’LLANMA
Andijon – 2018
2
Ushbu
uslubiy
qo’llanma
viloyatdagi
umumta’lim
maktablari
muassasalaridagi amalitchi psixolog faoliyatini to’g’ri tashkil etib, ichki
imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bir tizimga keltirish hamda ta’lim muassasasi
o’quvchilari, o’qituvchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek,
muassasada sog’lom psixologik muhitini yaxshilash maqsadida tayyorlandi.
Ushbu uslubiy qo’llanma Andijon davlat universiteti ilmiy kengashining
2018 yil «22» noyabrdagi № 3-sonli yig’ilishida tasdiqlangan va nashrga tavsiya
etilgan.
Mualliflar:
Psixologiya kafedrasi mudiri p.f.n. dots.: M.V.Xalimova
Psixologiya kafedrasi o’qituvchisi: B.E.Parmonov
Taqrizchilar:
Psixologiya kafedrasi kata o’qituvchisi p.f.n.: T.Suleymanova
Kadrlar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash
Andijon hududiy markazi, pedagogika va
psixologiya kafedrasi mudiri p.f.n: N.Qosimova
Ushbu uslubiy qo’llanmadan umumta’lim maktabining amaliyotchi
psixologlari, maktabgacha ta’lim muassasasi psixologlari va tarbiyachilari
bolalarni maktabga tayyorlash bosqichida, hamda shu mutaxassislik bo’yicha
texsil olayotgan oliy o’quv yurti 3 va 4- bosqich talabalari foydalanishi tavsiya
etiladi.
3
KIRISH
Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish, yuqori malakali
kadrlar tayyorlash, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”dagi vazifalarni bochqichma-bosqich hayotga tadbiq etish, Kadrlar
tayyorlash milliy dasturining asosiy tarkibiy qismlari bo’lgan-shaxs, davlat va
jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarishga yo’naltirilganligi ta’limning
kelajakdagi asosiy maqsadlarini belgilab berdi.
Shuningdek, ta’limni inson uchun xizmat qilishi, bu boradagi islohotlar
asosan 10 tayanch tamoyili (ta’limni demokratlashuvi, ta’limni ustuvorligi, ta’lim
va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, ta’limning milliy yo’naltirilganligi, ta’limning
insonparvarligi, ta’limning ijtimoiylashuvi, ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va
tabaqalashtirilgan yondashuv, iste’dodli yoshlarni aniqlash, ta’limning uzluksizligi
va izchilligi, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterga ega ekanligi) hayotga tadbiq
etilayotganligini ko’rish mumkin. Jumladan yoshlarni mamlakatimizda yaratilgan
ilmiy-texnikaviy imkoniyatlardan kengroq foydalanish huquqi kafolatlangan.
Shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, keyingi yillarda ta’lim sohasida
ta’limni sifatini ta’minlashda, xususan ta’limni boshqarish sohasida muhim
o’zgarishlar yuz berdi. Keyingi islohotlarning asosiy maqsadi-ta’limning davlat va
jamiyatdagi tezkor rivojlanish manfaatlariga xizmat qiladigan, o’zaro aloqani
ta’minlaydigan samarali boshqaruv tizimi bilan ta’limning yuqori sifatini, uning
turli- tumanligini va shaxs hamda jamiyat ehtiyojlarini qondirishga qaratilganligini
uyg’unlashtirishdan iborat.
Kadrlar
tayyorlash
tizimida
ta’lim
tizimini
rivojlantirishning
yo’nalishlaridan biri – o’quvchilar shaxsini, shaxsiy fazilatlari, qiziqishlari va
xulq-atvorini puxta o’rgangan holda ularga pedagogik-psixologik shart-sharoitlar
yaratishdan iborat. Bugungi kunda bu borada ta’lim-tarbiya muassasalarining
psixologlari va tarbiyachilariga dolzarb vazifalar qo’yilmoqda.
Inson psixologiyasini tushinish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e’tibor
berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo’lib kelgan. XX asr bo’sag’asida
psixologiya fani va uning ilg’or vakillari o’zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy
maqsadlari – insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko’rsatish
tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq
bo’ldilar.
Ushbu uslubiy qo’llanmada amaliyotchi psixologlarning faoliyatini tashkil
qilish usullari, ijtimoiy-psixologik xizmatning maqsad va vazifasi, o’quvchilarga
ta’lim-tarbiya berishning psixologik qonuniyatlari, mexanizmlari, pedagoglar
jamoalarida sog’lom psixologik muhitni yaxshilash usullari, psixolog xonasini
jihozlashga
doir
ko’rsatmalar va ko’rgazmali qurollardan namunalar,
psixologlarning yo’nalishi bo’yicha olib boradigan yillik ish rejalari, psixolog kasb
etikasi, me’yoriy hujjatlar nomenklaturasi, o’quvchilarda o’tkaziladigan psixologik
testlar va metodikalardan namunalar, o’quvchilar psixologiyasini o’rganishda
4
psixologlar oldida turgan muammolar kabi masalalar haqida ko’rsatmalar berilgan.
Dostları ilə paylaş: |