Maruza: 5 tаshqi kuchlаr. Ichki kuch vа kuchlаnish, kеsimlаr usuli. Fanining asosiy tushunchalari. Reja



Yüklə 114,54 Kb.
səhifə6/9
tarix02.01.2022
ölçüsü114,54 Kb.
#44080
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5 (2)

2.2. Deformastiyalar va ko’chishlar

Yuqorida belgilanganidek, jismlar tashqi kuchlar ta’sirida o’zlarining shakl va o’lchamlarini o’zgartiradi, ya’ni deformastiyalanadi.

Jismning yoki uning biror qismining chiziqli o’lchamining o’zgarishi - chiziqli, burchak o’lchamining o’zgarishi - burchak deformastiyasi deb yuritiladi. Agar deformastiya jism ҳajmi bo’yicha sodir bo’lsa, jismning ma’lum yo’nalishda mazkur nuqtasidagi deformastiyasi to’grisida gap boradi.

Chiziqli deformastiya o’lchovi sifatida nisbiy uzayish yoki nisbiy qisqarish () qo’llanadi.

Burchak deformastiyasining o’lchami siljish burchagi () ҳisoblanadi.

Tajribalarning ko’rsatishicha chiziqli va burchak deformastiyalari yuk olinganidan keyin to’la yoki qisman yo’qolishlari mumkin.

Jismdan tashqi kuch ta’siri olingandan keyin yo’qoladigan deformastiya qayishqoq yoki elastik deformastiya, jismlardan kuch olinganidan keyin o’zining dastlabki o’lchamlarini va shaklini saqlash qobiliyati qayishqoqlik deyiladi.

Kuch olinganidan keyin ҳam saqlanadigan deformastiya qoldiq yoki plastik deformastiya, jismlarning emirilmasdan qoldiq deformastiya berish xususiyati plastiklik deb yuritiladi.

Jismning barcha nuqtalaridagi deformastiya va jismning maҳkamlanish shartlari ma’lum bo’lsa, uning nuqtalarining ko’chishlarini, ya’ni ularning deformastiyadan keyingi vaziyatlarini (ya’ni koordinatlarini) aniqlash mumkin.


Yüklə 114,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin