maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat


Chulquvar maydonida gaz va gazkondensati quduqlarni loyihalashtirishda quyidagi xususiyatlarni hisobga olish kerak



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə152/187
tarix11.05.2022
ölçüsü169,43 Kb.
#57553
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   187
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

Chulquvar maydonida gaz va gazkondensati quduqlarni loyihalashtirishda quyidagi xususiyatlarni hisobga olish kerak:

- quduq ustidagi bosimning quduq tubidagi bosimga yaqin bo‘lgani uchun tizmaning yuqori qismida quvurning mustahkamligi yuqori bo‘lishi;

- gazning qovushqoqligi uncha katta bo‘lmaganda uning sizilib kirish qobiliyati yuqoriligi sababli rezbali birikmalar germetik bo‘lishi;

- burg‘ilash jarayonida gaz otilmalarining paydo bo‘lish ehtimolligi bo‘lsa, otilmaga qarshi jihozlarni o‘rnatish talab qilinadi;

- mustahkamlash tizmalarining qizishi tizmaning sementlanmagan qismida qo‘shimcha harorat kuchlanishlari paydo qiladi va bunday ta’sirlar quvurlar mustahkamlikka hisoblanganda e’tiborga olinishi;

- quduqlar uzoq muddatda foydalanish talab qilinganligi uchun ishlatish tizmalarini korroziya bo‘lishini oldini olishda maxsus korroziyabardosh quvurlarni qo‘llash.

Bir qator holatlarda mahsuldor qatlamlarni ochishda qatlamning qirqimida AYUQB (anomal yuqori qatlam bosimi) yoki og‘nab ketadigan tog‘ jinslari mavjud bo‘lsa, quduqlar og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalari bilan burg‘ilanadi, ba’zida ularni yoriqliklarga yutilishi kuzatiladi. Bunday quduqlarni tugallash murakkab va natijasiz bo‘ladi.

Cho‘lquvar maydonida gorizontal qidiruv quduqlarini burg‘ilash uchun burg‘ilash eritmasining turi va kattaliklari keltirilgan ko‘rsatmalar asosida maydonning o‘zida hamda qo‘shni maydonlarda burg‘ilangan quduqlarda ishlatilgan burg‘ilash eritmalarining ko‘rsatkichlariga asoslanib tanlangan (3.2-jadval). Mahsuldor qatlamni burg‘ilab ochish uchun burg‘ilash eritmasining zichligi oraliq qatlam bosimini hisobga olgan holda tanlanadi.


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin