Ma`ruza mashg`uloti mavzusi pedagogik fik-r tarixi va maktab amaliyetida o`qituvchi maxorati masalalari


Birinchisi – qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilxomlantiruvchi so’zlar



Yüklə 209 Kb.
səhifə33/52
tarix17.02.2023
ölçüsü209 Kb.
#84778
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
Ma`ruza mashg`uloti mavzusi pedagogik fik-r tarixi va maktab ama

Birinchisi qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilxomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi yo’l (yoki usul) – majbur etish yo’li. Bu usul gapga ko’nmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo’llaniladi. CHunki ular o’z istaklaricha so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni o’rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo’ladi. Kasb hunarlarni va juz’iy san’atlarni egallashga intilish bo’lmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. CHunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad – ularni fazilat egasi qilib va san’at ahllariga aylantirishdir
Abu Ali ibn Sino talabaga bilim berish o’qituvchining ma’suliyatli burchidir. SHunga ko’ra ibn Sino o’qituvchining qanday bo’lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo’l-yo’riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat:

  1. bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo’lish;

  2. berilayotgan bilimning talabalar qanday o’zlashtirib olayotganiga e’tibor berishi;

  3. ta’limda turli metod va shakllardan foydalanishi;

  4. talabalning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;

  5. fanga qiziqtira olishi;

  6. berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;

  7. bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;

  8. har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishishi zarur, deydi olim

Abu Rayhоn Bеruniy har bir shaxsda sharm-hayo, ozodalik, nafis did, iffat, latofat, shirinsuxanlikning tarkib topishi turmushning yanada go’zal bo’lishiga olib keladi. - deydi
Olimning inson turmushiga xos hulq-odob qoidalari haqidagi fikrlari pedagogik jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Inson ham ichki, ham tashqi tomondan go’zal bo’lsagina haqiqiy kamolotga erishishi mumkin deydi. U ozodlik va arosatlikni olijanoblik bilan tenglashtiradi. Inson doimo bularga rioya etishi zarur deb ta’kidlaydi. Bunda inson o’zini boshqara olishga qodir bo’lishi, har bir yetuk inson uchun zarur bo’lgan xislatlarni tarkib toptirishda kuch va irodaga ega bo’lishi zarur, deydi. «Minerologiya» asarida bu fikrni quyidagicha ifodalaydi. «Inson o’z ehtiroslariga xukmron, ularni o’zgartirishga qodir, o’z jon va tanini tarbiyalar ekan, salbiy jihatlarni maqtagulik narsalarga aylantirishga hamda asta – sekin, axloq haqidagi kitoblarda ko’rsatilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir»
Beruniy insonni kamolotga yetaklovchi xislatlardan yana biri olijanoblik deb ko’rsatadi.



Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin