Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja



Yüklə 379,91 Kb.
səhifə45/45
tarix13.05.2023
ölçüsü379,91 Kb.
#112828
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Umumiy psixologiya UMK

Eshak birla kuchukka harchand qilma tarbiya,
It bo‘lur, eshak bo‘lur, aslo bo‘lmas odami.
Qatra nutqba’zi o‘rinlarda juda katta ma’no anglatadi, xulq, faoli-yat va muomala uchun manba rolini bajaradi: Salyut! Marsh! va boshqalar.
Turli omillar ta’sirida birdaniga vujudga keluvchi, jaxlning mahsuli hisoblanmish, qisqa muddatli nutq turiga affektiv nutq deyiladi. Birdaniga suhbatdosh, raqib tomonga uzatiluvchi, o‘ta ta’-sirchan, xavfli, ruhiy nishon vazifasini bajaruvchi qisqa muddat-li nutq affektiv deb nomlanib, zarbasi jihatidan alternativi yo‘qligi bilan boshqa nutq turlaridan keskin ajralib turadi. Jahl, qasos, alam> tajovuz kechinmalarini o‘zida aks ettirib, o‘ta tanglik, zo‘riqish (stress) mahsuli bo‘lib hisoblanadi (jahl kelganda akl ke-tadi: hissiyot bilan emas, balki aql bilan ish tut).
Insoniyat tarixining sivilizatsiyalik bosqichiga o‘sib o‘tishi dav-ridagi e’tiborga yozma nutq paydo bo‘la boshlagan va hozirgacha u o‘z rivojlanishidadavom etmoqda. Tilningbarcha qoidalariga (grafik, morfologik, sintaksistik, leksik, orfoepik, lingvistik, foneme-tik, fleksiv va hokazo), qonuniyatlariga, mexanizmlariga (jonli ifodalarni mujassamlashtirgan holda) asoslangan tarzda, muayyan shartli alomatlar (grafiklar) yordamida shakl, tuzilishi, ma’no, mazmun va mohiyatni uzluksiz, tadrijiy ravishda axborotlarga ay-lantirib beruvchi nutqturi yozma nutq deyiladi.
Har bir tilning to‘la mohiyati yozma nutq orqali ifodalanadi, uzoq va yaqin masofalar uchun axborot (kommunikatsiya) vositasi (quro-li) vazifasini bajaradi. Millat madaniyati, ma’naviyati, fan va texnikasi, san’ati va adabiyoti yozma nutq orqali uzatilib, millatlararo aloqa kanali funksiyasini ado etadi.
YOzma nutq o‘z navbatida quyidagi tarkiblardan tashkil topadi:
a) monologik (drama), b) dialogik (badiiy asarjanrlarida), v) ichki, g) lakonik (yig‘iq, qatra), d) epik (yoyiq, yirik roman, qissa va bosh-qalar).
YOzma nutqning monologik va dialogik turlari badiiy asarlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, og‘zaki nutqdagidan farqli o‘laroq til boyliklariga bevosita asoslanadi. YAngiliklar yaratish, ijod qilish so‘zlar orqali mohiyat kasb etadi, u yoki bu shakldagi tartibga kelti-riladi. Lakonik (yig‘iq, qatra) nutq ham og‘zaki nutqdagiday ma’no kasb etadi. Epik (yoyiq) nutq yirik asarlar, monografiyalar mohiya-tini to‘laqonli aks ettirish bilan boshqa nutq turlaridan farqla-nadi. Til mexanizmlaridan tashqari badiiy vositalar orqali inson ruhiyati tavsiflanadi.
Bizningcha, his-hayajonlar orqali ifodalanuvchi, muayyan axborot-larni o‘zida mujassamlashtiruvchi nutqturlarini quyidagi tiplarga shartli ravishda ajratish mumkin: ekspressiv, impressiv, affek-tiv, daktilogik va boshqalar.
Ularning psixologik mazmuni, mohiyati, xususiyatlari to‘g‘risida yuqorida mulohazalar bildirilganligi uchun qaytadan tahlil qilish, tavsiflashga hech qanday hojat yo‘qdir. Lekin mazkur nutq turlari boshqa turkumlardan ham joy olishi mumkin. Biroq ilmiy jihatdan hech qanday qarama-qarshiliklar vujudga kelmaydi, aksincha, bir-birini to‘ldirishda xizmat qiladi, xolos.
Nutq va nutq faoliyati yuzasidan bildirilgan mulohazalar, ilgari surilgan ayrim g‘oyalar mutlaqlikka da’vo emas albatta, chunki ularning ko‘pgina jihatlari, qirralari, mexanizmlari, qonuniyatlari, tavsiflari chuqurroq izlanishni talab qiladi, ayrim o‘rinlarda ularning har birini eksperimental tadqiq etishni taqozo qiladi, yangi metodikalar, testlar, treninglar ishlab chiqishni iz-lanish predmetiga olib kiradi, amaliy va nazariy muammolar echi-mini tezroq hal qilishga safarbar etadi, nutqning muomala jarayo-nidan kelib chiqib yondashish evaziga qiymatli materiallar to‘plash mumkin hamda uning negizida har qaysi psixolog mutaxassisni no-tiqlik san’atiga o‘rgatish kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga mu-him hissa bo‘lib qo‘shiladi
Yüklə 379,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin