I - BOB. OLIY TA’LIM MUASSASASINI BITIRIB KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARIGA OID ILMIY NAZARIY ASOSLAR
1.1. Prezident asarlari va chiqishlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy isloxotlarning tub negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush tarzida, ma’naviy va hayotiy ko’nikmalarida namoyon bo’lmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamiz fuqorolari rivojlangan Yevropa davlatlari, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning boy amaliy tajribasi xususida yetarli axborotga ega bo’lib bormoqdalar.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining takomillashuvi natijasida xususiy mulkchilikning barcha shakllari rivojlanib, tadbirkorlik faoliyatiga keng yo’l ochilmoqda. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi, tadbirkorlik faoliyatining yashilanishi odamlarning ususiy mulkchilik va mehnatga bo’lgan munosabatlarini tubdan o’zgartirib yubordi. Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda fermerlik harakatida samarali usullarni joriy etish, iqtisodiy faoliyatga imkon beruvchi shaxs sifatlarini tarbiyalash, odamlar tafakkurida yangicha qarashlarni shakllantirish fanlararo integrasiyani kuchaytirib, psixologiyaning iqtisodiyot bilan uzviy bog’liqlik muammosini izchil ilmiy asosda o’rganishni taqozo etadi. Ma’lumki, tevarak-atrofimizni qamrab olgan olamdagi iqtisodiy obyektlar, jarayonlar, munosabatlarning rivojlanishi va o’zgarib borishi, jumladan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoiti iqtisodiyot va psixologiya fanlari o’rtasidagi bog’lanishni tobora oydinlashib borishiga xizmat qilmoqda. Bunday bog’lanishlarni, ularning ilmiy tadqiqotlari ko’lamining kengayib borayotganligidan ham kuzatish mumkin. Bir tomondan, zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy va psixologik fanlarning nafaqat yaqinlashuvi, balki qo’shilishi, bir-birining mohiyatiga kirib borishi sodir bo’lmoqda. Ikkinchi tomondan – individual, guruhli va jamoaviy psixologiyaning xo’jalik jarayonlariga, iqtisodiy amaliyotga hamda sohadagi boshqaruv qarorlarining qabul qilinishiga ta’siri keskin kuchayishi kuzatilmoqda. Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida davlatchiligimizni va mamlakatimizning iqtisodiy bazasini yaratish, uni dunyoga tanitish, hamkorlik va jahon iqtisodiyotiga qo’shilishning hayotiy zarurati va dolzarbligi haqida fikr yuritib: “Bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat ”1, – deb alohida ta’kidlagan edi.
Shu yilning 7 dekabrida “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezident Islom Karimov “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lini izchil davom ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir” mavzusida ma’ruza qildi. “Mustaqillik yillarida demokratik huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, islohotlarni amalga oshirish borasida erishilgan barcha yutuqlar zamirida Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan huquq va asosiy tamoyillar yotibdi”, dedi Prezident. Davlatimiz rahbari, “mamlakatni isloh qilish va demokratlashtirish jarayoni qat’iy va izchil tus oldi”. “Bosib o‘tgan yo‘limiz va mamlakatimizning dunyoda sodir bo‘layotgan tub o‘zgarishlar jarayonida tutgan o‘rnini xolis va tanqidiy baholar ekanmiz, biz erishgan yutuqlarimizga mahliyo bo‘lib qolmasligimiz, ortiqcha havolanish va xotirjamlikka berilmasligimiz zarur”, dedi. “Taraqqiy topgan, farovon yashayotgan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun munosib hayot darajasini ta’minlash” borasidagi ustuvor vazifalar sifatida u davlat hokimiyati va boshqaruvni demokratlashtirishga qaratilgan konstitutsiyaviy islohotlarni yanada chuqurlashtirish; axborot sohasida fuqarolar va inson huquqlari kafolatlarini, saylov erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini takomillashtirish; nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquq va vakolatlarini kengaytirish va mustahkamlashni aytib o‘tdi. Islom Karimov o‘z ma’ruzasida “2010 yilda “Barkamol avlod yili” Davlat dasturining asosiy yo‘nalishlari amalga oshirilishi” xususida qisqacha to‘xtalib o‘tib, zero, asosiy xulosalarni yil yakuniga bag‘ishlangan majlislarda chiqaradi. Prezident 2011 yilni Kichik biznes xususiy tadbirkorlik yili deb e’lon qildi. Bu bugungi yosh kadrlarga yangidan yangi imkoniyatlar eshigining ochilishi demakdir.
Biz yangi asr va yangi bir sivilizatsiyaning bo‘sag‘asida turibmiz. Mazkur sivilizatsiyadagi bo‘lg‘usi hayotni bashorat qilish mushkul. Ammo bir narsa ayon. Bu sivilizatsiyada mehnat qilib o‘zining ustida tinmay ishlaydigan, uzluksiz ta’lim oladigan, doimiy ravishda o‘z bilim ehtiyojlarini qondirib, olgan bilimini oilasi, xalqi va davlati rivojlanishiga sarf qila oladigan shaXsgina munosib o‘rinni egallashi mumkin. Shuning uchun ham milliy modelimizda uzluksiz ta’limga katta ahamiyat berilgan. O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda iqtisodiyotning g‘oyat muhim sohasi bo‘lmish kichik biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirishga, xususiy tadbirkorlik huquqlarining kafolatlari va kuchli himoya tizimini mustahkamlashga katta e’tibor berib kelinmoqda. Buning boisi shuki, birichidan, ijtimoiy yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotida kichik biznes muhim o‘rin egallaydi. Eng avvalo, kichik biznes bozor konyukturasi o‘zgarishlariga tez moslasha olishga, iste’molchilarning talab-ehtiyojlari qanday o‘zgarishiga qarab ish tuta bilishga qodirdir. Kichik biznes raqobatchilik muhitini shakllantiradiki, busiz bozor iqtisodiyotining rivojlanishini tasavvur etib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, kichik biznes yangi ish o‘rinlari jadallik bilan barpo etilishini, aholining bandlik darajasi o‘sishini va uning daromadlari oshib borishini ta’minlaydi. Uchinchidan, kichik biznes ichki bozorni tovarlar va xizmatlar bilan boyitishning muhim manbai hisoblanadi. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni kichik biznes, xususiy tadbirkorlik dunyo moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etishda eng samarali vosita, aholi bandligini ta’minlash, uning daromadlari ortib borishining muhim omili hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shubhasiz, kichik biznesni jadal rivojlantirish, xususiy tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil etish va yuritish, ularning mamlakat iqtisodiyotidagi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning g‘oyat muhim, ustuvor vazifalarini hal etishdagi rolini oshirish uchun yana ham qulay shart-sharoitlarni yaratib beradi. Iqtisodiyotda asosiy o‘rin egallagan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish, yengil sanoat, kimyo, elektrotexnika va mashinasozlik sanoati, bank-moliya xizmatlari va boshqa sohalarda xususiy sektor nufuzini oshirish, ijtimoiy soha, ta’lim va sog‘likni saqlash tizimlarini mustahkamlash, davlat moliya tizimini rivojlantirish, tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalar davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan OTB Boshqaruvchilar kengashi 43-yillik majlisining ochilish marosimidagi nutqida alohida ta’kidlab o‘tildi.O‘zbekiston o‘zining iqtisodiy imkoniyatlari, intellektual salohiyati va amal qilayotgan barqaror taraqqiyoti asosida OTB bilan aloqalarni mustahkamlab borishi har ikki tomon o‘zaro manfaatdorligi ko‘lamining yanada kengayib borishiga olib keladi. OTV Boshqaruvchilar kengashi 43-yillik majlisining Vatanimiz poytaXti Toshkentda o‘tkazilishi O‘zbekistonning jahon moliya institutlari o‘rtasidagi nufuzi va xalqimiz farovonligining tobora oshib borishiga xizmat qilishi shubhasiz. Vatanimiz milliy manfaatlarini himoya qilish, siyosiy-iqtisodiy qudratini oshirishga har tomonlama ko‘maklashishni o‘ziga vazifa sifatida belgilagan O‘zMTP va uning barcha tashkilotlari davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar jarayonida faol ishtirok etmoqda. Mamlakatimiz erishayotgan yutuqlarni xalqaro tashkilotlar e’tirof etayotgan bir sharoitda partiya bunday muvaffaqiyatlarni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bozor munosabatlarini erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy fikr yuritishning psixologik mexanizmlarini aniqlash ilmiy nuqtai nazardan dolzarb bo’lib, bu erkinlashtirish jarayonida iqtisodiy bilim va faoliyat namoyon bo’lishi qonuniyatlarini hisobga olgan holda mehnat motivasiyasining yangicha shaklini tarbiyalash zaruratini keltirib chiqaradi. Bu holat shaXsdan birinchi navbatda muvaffaqiyatga intilishning yetakchi motivga aylanishi va tavakkalchilikning me’yoriy darajasini shakllantirishni taqozo etadi. Erkin bozor munosabatlari sharoitida bu motiv daromad olish, mustaqil faoliyat yuritish hamda o’z xususiy tadbirkorlik ishini oqilona yo’lga qo’yishda tavakkalchilikka moyillik va shu orqali muvaffaqiyatga intilishda namoyon bo’ladi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy iqtisodiyotni mustahkamlash uni har tamonlama rivojlantirish yo’lida dadil odimladi. Respublikasi Prezidenti mamlakatimiz obru-e’tiborini xalqaro miq’yosda ko’tarish, chet el investitsiyasiga keng yo’l ochish, xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida katta ishlarni amalga oshirmoqdalar. Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida ko’pgina muammolarni birinchi marta hal etishga to’g’ri kelmoqda. Keyingi yillarda qabul qilingan qaror va farmonlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Kichik biznes faoliyatini yaratish va rivojlantirish quyidagi asosiy normativ hujjatlarni bilan tartibga solinadi: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 21 yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chukurlapggirish, rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»; 1994 yil 15 martdagi «O’zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustivor yunalishlari to’g’risida», «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag’batlantirish to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabr qonuni; 1995 yil 5 yanvardagi «Xususiy tadbikorlikda tashabbus ko’rsatish va uni rag’batlantirish to’g’risida»gi Farmon; «Kichik va o’rtacha tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirishning qo’shimcha choralari to’g’risida»gi 31 yanvar 1997 y. Farmoni; «Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko’rsatishning ba’zi chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni; «Xususiy tadbikorlik kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada ragbatlantirish choralari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi VII- 1978 t.r-li Farmoni; 2001 yil 22 avgustdagi "Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini taokmillashtirish to’g’risida"gi 347 t. r. Qarori va boshqa qonuniy hujjatlar.
Tadbirkorlikka, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlikka bag’ishlangan normativ-huquqiy hujjatlar O’zbekistonda yetarli miqdorda qabul qilingan. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi (25 may 2000 yil). Lekin xususiy biznesni amalga oshirish jarayonida qonunchilikda yangi muammolar paydo bo’la boshladi.
Qonunlarni kupchiligida xususiy va kichik biznesni davlat tomonidan kullab-kuvvatlanishi choralari, shart-sharoitlari, shakllari aks etdirilgan.
Tadbikorlikni rivojlantirish fondi yaratilgan. Bulardan avval shuning uchun biz bozor tizimini, baho va rakobat omilini, rakobatni bozor mexanizmi tizimini yaXshi bilishimiz zarur.
Kichik va xususiy korxonalarni yaratishning va ro’yxatdan o’tkazishning umumiy shartlari va tamoyillari korxona to’g’risidagi, aksioner jamiyatlari to’g’risidagi, kichik va xususiy korxonalarni ragbatlantirish to’g’risidagi, tadbikorlik to’g’risidagi, "Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini taokmillashtirish to’g’risida"gi 2001 yil 22 avgustdagi 347 t.r. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori va boshqa Qonuniy hujjatlar asosida tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: |