Mavz: oliy ta’lim muassasasini bitirib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shUG‘ullanuvchilarning psixologik muammolari


Xususiy tadbirkorlikni qo’llash uslubiyoti



Yüklə 373,5 Kb.
səhifə11/46
tarix10.05.2022
ölçüsü373,5 Kb.
#57136
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
BMI Maxmudova

1.2.Xususiy tadbirkorlikni qo’llash uslubiyoti

Kasbiy mehnat. Mehnat obyekti. “Trudogramma” (kasbiy mehnatga chizgilar).

“Trudogramma” mazmunini quyidagilar: kasb “missiya”si va uning jamiyatda tutgan o’rni; kasbning jamiyatga tatbiq etilganligi; kasbga doir mehnat predmetlari; kasbiy bilimlar, kasbiy faoliyatda samaraga erishish uchun zarur jarayonlar, xususiyatlar va holatlar; mehnat vositalari; mehnat shartlari; tashkilot va korporasiyalar mehnati; mehnat mahsulotlari; kasbga doir malakali razryadlar, kategoriyalar va to’lovlarning professionallik darajasi; ish beruvchining kasbga doir huquqlari; ish beruvchining kasbga doir majburiyatlari; kasbning insonga nisbatan pozitiv ta’siri; kasbning negativ tomonlari kabilar tashkil etishi mumkin.

Kasbdagi inson. Mehnat subyekti. “Psixogramma” (insonning kasbiy mehnatiga chizgilar).

Kasbdagi o’sish, qiyin vaziyatlarni yengib o’tish va kasbiy faoliyatni samarali bajarish uchun kerak bo’ladigan psiXologik sifatlar majmui “Psixogramma”ni tashkil etadi va uning mazmuni quyidagilar:

mutaxassisning hissiy-irodaviy, motivasion sohasiga oid tavsiflar: motivlar, maqsadlar, vazifalar, ehtiyojlar, qiziqishlar,kasbiy e’tirozlar, kasbiy o’z-o’zini baholash, mutaxassis sifatida his etish; hissiyotlar, psixik holatlar; insonning mehnat jarayoni natijalaridan qoniqishi.

mutaxassisning tashkiliy (operasion) sohasiga oid tavsiflar: mehnat va kasb to’g’risidagi psixologik bilimlar; layoqat, usul, uslub, uquv, psixotexnikaning psixologik ta’siri (o’ziga va atrofdagilarga yo’nalganlik); kasbiy o’sishga xizmat qiluvchi qobiliyatlar; kasbiy tafakkur; kasbiy shakllanish (o’sish); psixologik qarama-qarshiliklar; mutaxassisning kasbiy faoliyat doirasida o’sish va pasayish yo’nalishlari.

Xulosa qilib aytganda, kasbiy faoliyatning yuqoridagi tarzda tasniflanishi (4.4-jadvalga qarang), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga daxldor har qanday soha mutaxassisining professiogrammasini tuzishga asos bo’la oladi. Shu bois, mavzu muammosi yuzasidan olib boriladigan asosiy tadqiqotlar ikki yo’nalishda olib boriladi: birinchidan, zamonaviy o’zbek tadbirkoriga Xos bo’lgan ijtimoiy-psixologik sifatlar majmuasini ishlab chiqish va kasb professiogrammasini yaratish, ikkinchidan, maxsus dastur asosida yoshlarda, xususan, talabalarda shu professiogrammaga mos keluvchi kasbiy va shaxsiy sifatlarni shakllantirish, ta’lim dasturini ishlab chiqish hamda uni amaliyotda sinab ko’rish.

Bu esa o’z navbatida quyidagi ilmiy xulosalarga tayanib ish yuritishni taqozo etadi.

Professiogramma

3-jadval



Yüklə 373,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin