SEZGI IDROK JARAYONLAR RIVOJLANISHI
Reja:
1. Sezgi va idrok haqida tushuncha.
2. Sezgining umumiy xususiyatlari.
3. Sezgini klassifikatsiya qilish printsiplari va turlari.
4. Idrokning turlari va xususiyatlari.
1. Bizni o`rab turgan va mavjud bo`lgan barcha narsa va hodisalar o`zga xos xususiyatlarga ega. Xususiyatlar bu predmetlarning belgilaridir. Belgi bu predmetni boshqalardan ajratadigan omilidir. Xususiyatlar bevosita bizning ongimizda aks etib, bunda sezgi organlari ko`rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri tuyushni roli katta. Bu eng oddiy psixik jarayon bo`lib, narsa va hodisalarning xususiyatlari fizik jarayonlarni sezgi organlariga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning xususiyatlarini alohida-alohida namoyon bo`lishi sezgi deb ataladi. Sezgi paydo bo`lishi uchun nima zarur? 1. Buning uchun biror sezgi organiga ta’sir etuvchi predmet zarur. 2. Sezuvchi apparat zarur.
Aks etish xususiyatiga va retseptorlarining joylashgan urniga qarab sezgilar odatda 3-guruhga ajratiladi. 1. Tashki muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bo`lgan eksterotseptiv sezgilar. 2. Tananing ichki a’zolarida va to`qimalarida joylashgan hamda ichki a’zolarning holatini aks ettiradigan retseptoralarga ega bo`lgan interotseptiv sezgilar. 3. Retseptorlari mushaklarda va paytlarda o`rnashgan propriotseptiv sezgilar: ular gavdamizning harakati va holati haqida axborot berib turadi. Ba’zi sezgi turlarida adaptatsiya hodisasi mavjud bo`lib, organizmning har qanday sharoitda ham tashqi muhitning o`zgarishlariga va taassurotlariga moslashish ko`nikish imkoniyatini beradi. Sezgilar doimo ta’sirning kuchiga bog`liq bo`ladi, shuning uchun sezgilar ma’lum chegara ichida hosil bo`ladi. Sezgilar doimo bir-biriga ta’sir etadi va o`zaro munosabatda bo`ladi. Analizatorning sezgilari insonning mehnat faoliyati jarayonida shakllanadi va takomillashadi.
Sezgining paydo bo`lish sxemasini quyidagicha ko`rsatish mumkin:
Fiziologik
Dostları ilə paylaş: |