Mundarija
Kirish
I.BOB. Ta’limda psixologik xizmat haqida tushuncha
1.1. Ta’limda psixologik xizmatning shakllanish tarixi.
1.2. Ta’limda psixologik xizmatning tashkil etishning tamoyllari va strukturasi.
II.BOB.
2.2.Psixologik xizmat faoliyatining yo’nalishlari
Kirish
Jahon psixologiyasida psixologik xizmatni tashkil etish muammosini o‘rganishga alohida tadqiqot yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilmoqda. Psixologik tadqiqotlarda pedagog psixolog shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qo’lidan kelgan barcha ishlarni ijtimoiy psixologik xizmatni va uning o’ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Mazkur yo‘nalishda psixologik xizmatni tashkil etishning turli usullari va zamonaviy texnologiyalarini ifodalovchi psixologik mexanizmlarni qo’llash hamda joriy etish masalasining muhimligiga e’tibor qaratilmoqda. Ayni vaqtda psixologik xizmatni tashkil etish personallardagi muammolarni bartaraf etish kabi holatlar dolzarb muammolar sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda ta’lim tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlari psixologik xizmatni joriy etish va rivojlantirish uchun ma’lum darajada asos bo’lmoqda. Ayni paytda, psixologik xizmat tizimining bugungi holati va uning amaliy faoliyat yo’nalishlarini har tomonlama, chuqur tahlil qiluvchi va shu tahlillar asosida psixologik xizmatning istiqbollarini ochib beruvchi maxsus tadqiqotlarning taqchilligi nihoyatda muhim muammo bo’lib qolmoqda. Demak, tabiiyki, mazkur muammoni bartaraf etish uchun, O’zbekistonda psixologik xizmatning joriy etilishi, bugungi holati va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini o’rganishga, tahlil qilishga va izohlashga bag’ishlangan psixologik va ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning olib borilishi davr taqozosidir. Shundan kelib chiqqan holda, bugungi ta’lim muassasalarida, mehnat jamoalarida bo’lajak kadrlarni har jihatdan tayyorlash bilan bog’liq psixologik xizmatning ilmiy-tashkiliy jihatlariga va ayniqsa, ijtimoiy-psixologik muhofaza imkoniyatlarini tadqiq qilishga oid maxsus o’tkazilgan tadqiqotlarning nihoyatda sust ekanligi; ijtimoiy psixologiya, psixologik konsultatsiya fanlarining zamonaviy yo’nalishlari fanlarida bugungi psixologik xizmat tatbiqini qamrab oluvchi vazifalarning aniq va batafsil belgilanmaganligini, ta’lim va mehnat muassasalarida tashkil etilgan psixologik xizmat tajribalari misolida o’quvchi va ishchi-xodimlar muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlashdagi ijtimoiy psixologik muhofaza imkoniyatlarini o’rganish va kamol toptirish bilan bog’liq bugungi O’zbekistonning o’z istiqlol va istiqbol yo’li, ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyoti talablariga javob beruvchi ilmiy-amaliy tavsiyalarning ishlab chiqilmaganligi kabilarni bugungi dolzarb muammolardan biri sifatida qayd etish mumkin. Zamonaviy psixologik xizmat asoslari fanining