Mavzu: Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar Reja: Sinfdan tashqari ishlar haqida umumiy tushuncha


Ishlarni tashkillashtirish va ularni xulosalash



Yüklə 32,16 Kb.
səhifə3/3
tarix13.06.2023
ölçüsü32,16 Kb.
#129583
1   2   3
Mavzu Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar Reja Sinf

Ishlarni tashkillashtirish va ularni xulosalash
Tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishda «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari» dasturi. O’zbekiston
Respublikasi «Kamolot ijtimoiy harakati» dasturi mos qilib olindi. Quyidagi keltirilgan reja tahminiy bo’lib, o’z shart-sharoitingizga qarab ijodiy o’zgarishlar kiritish mumkin.
Tarbiyaviy tadbirlar rejalaridan namunalar
dastlabki rejaga O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi Vazirligi «Madaniy merosga - ixlos» yuzasidan tuzilgan Nizom asos qilib olindi, u quyidagi mazmunga ega:
1. Vatan g`ururi – kamolot mulkining asosi (I-II sinflar uchun).
a) tug`ilgan uy, ko’cha, shahar va o’lkalarining tarixi.
b) bir bolaga etti qo’shni ota-ona ekanligi.
v) atrof tabiatidagi o’simliklarning nomi va uni muhofaza qilish.
g) o’lka tarixiga oid (tarixiy, obidalar, kimlar yashagan, iqtisodiy boyligi, san`ati va kelajak rejalar) ma`lumotlar.
e) kindik qoni to’kilgan joyning tuprog`i aziz hissini singdirish.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quv-chilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi. U o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbus-korligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o‘smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida, o‘sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab qarama-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo‘lib ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi.

Maktabda va sinfdan tashqari ishlar jarayonida o‘quvchi-larning bir-biriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o‘quvchilarning bir-biriga bo‘lgan muomala madaniyati ham shakllanadi. O‘quvchi o‘qituvchiga taqlid asosida yoki do‘stlari orasida o‘rgangan tarbiyasi muomilasiga ta’sir qilishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilar orasida muomala madaniyatini shakllantirish uchun avvalambor o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan muomalasini, e’tiborini o‘rganishi kerak.



Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullarinidan o’quvchilarning tarbiyaviy ihslarlda dastlabki bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash uchun o’tkaziladi. Bunday baholash natijalari tarbiyaviy ihslarlarni o’rganish bo’yicha tarbiya jarayonining mazmunini, usullari va shakllarini tanlash imkonini beradi.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 160-maktabda pedagogik amaliyotimiz jarayonida boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullarini o’rganishda qo’lladik va samarali natijalarga erishdik.

Tajriba-sinov ishlarining mazkur bosqichini amalga oshirish uchun o’quvchilarning qiziqishlari va mustaqil fikrlashlarini aniqlashga xizmat qiluvchi tarbiyaviy mavzularni belgilab oldik.
Tajriba-sinov ishlarimizning izlanuvchan va ta’kidlovchi bosqichlarida tajriba sinflar o’quvchilarning mustaqil fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirish, tarbiyaviy mavzularni mazmunini chuqur o’zlashtirish maqsadida turli usullardan samarali foydalanildi.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullari asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlari, mavzusi va maqsadidan kelib chiqdik.

Sinf rahbari tomonidan o’tkaziladigan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarga sinf tarbiyaviy soatlari ham kiritiladi, (yil davomida 30-34 soat dars jadvaliga kiritiladi), u soddalashtirilgan, barcha sinflar uchun qulay quyidagi andozaga tushirilishi mumkin. Avvalgi adabiyotlarda berilgan rejalashtirish chizmasiga "Bajarilish turi" qo’shimcha sifatida kiritildi. Maqsad, rejalashtirilgan mavzu masalan, "Ota-onam - suyangan tog`im" yuzasidan suhbat, kecha, konferentsiya uchrashuv, ekskursiya va hokazolar o’tkazish mumkin. Albatta, bu tadbirlarning barchasini bir o’quv yilida o’tkazib, sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasida bu mavzu har yili takrorlanib, bajarilish turi o’zgartirib boriladi. Sinf rahbari mehnatining unumli bo’lishida bu usul ancha samara beradi.

Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi to‘g‘ri shakllanishiga va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarishi bilan bog’lanishga zamin yaratib berishi hisoblanadi.

III –Bob. Tajriba-sinov ishlarining mazmuni va o’tkazish metodikasi.


3.1. Tajriba –sinov ishlarining natijalari.



Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullarinidan o’quvchilarning tarbiyaviy ihslarlda dastlabki bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash uchun o’tkaziladi. Bunday baholash natijalari tarbiyaviy ihslarlarni o’rganish bo’yicha tarbiya jarayonining mazmunini, usullari va shakllarini tanlash imkonini beradi.
Xulosa
Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida, o‘sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab qarama-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo‘lib ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. https://lex.uz/docs/-5085887 Mirziyoyev/ta’lim.uz
4. “Boshlang’ich ta’lim” ilmiy-uslubiy jurnali. 2001 – 2009 yillar ch. s.lari.
5. “Uzluksiz ta’lim” ilmiy-uslubiy jurnali. 2001 – 2009 yillar ch. s.lari.
6. “Xalq ta’limi” ilmiy-uslubiy jurnali. 2001 – 2009 yillar chiqqan sonlari.
7. https://buxdu.uz/index.php/uz/faoliyat/madaniy-ma-rifiy/ma-naviy-ma-rifiy-tadbirlar/2441-5-ta-muhim-tashabbus


Yüklə 32,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin