Mavzu: Buxgalteriya hisobining nazariy va amaliy muammolari Reja: kirish i-bob. Korxonalarda buxgalteriya hisobi yuritishning ahamiyati



Yüklə 51 Kb.
səhifə10/12
tarix22.05.2023
ölçüsü51 Kb.
#119204
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
buhgalteriya

Xulosa va takliflar
Bugungi davrdagi butun dunyoda kechayotgan pandemiya sababli moliyaviy inqiroz sharoitida hamda iqtisodiyotni raqamlashtirish ketayotgan bir pallada, har bir xo’jalik yurutuvchi subektlarning buxgalteriya hisobi ishlarini aniq, samarali, jahon standartlari asosida tashkil etishi dolzarb masaladir.
Lekin, bugungi kunda xo’jalik yurutuvchi subektlarning buxgalteriya hisobi ishlarini olib borishida ba’zi muammolar mavjud. Men ushbu kurs ishida hozirgi davrdagi buxgalteriya hisobi ishlarini olib borishidagi muammolarni o’rganib, xorijiy va o’zbek adabiyotlarini, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalarga keldim.

  • Buxgalteriya xisobini xalqaro standartlarga moslashtirish lozim.

  • Buxgalteriya hisobining xalqaro tizimini tahlil qilish jarayonida eng avvalo turli davlatlarda tashkil etilgan hisob tizimini tahlil qilishimiz lozim. Moliyaviy xisobotlarni halqaro standartlarga moslashtirish, ayniqsa kompaniya va firmalar moliyaviy ko‘rsatkichlariga baho berishda va ularning xalqaro miqyosda harakat qilishida va muhim ahamiyat kasb etadi.

  • Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda joylashtirilishi lozim bo‘lgan axborotlarni moliyaviy holat tahlili uchun qo‘lay bo‘lgan tartibda joylashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

  • Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot aks ettirilgan korxona aktivlari, majburiyatlari va xususiy kapitaliga doir balans moddalarini moliyaviy buxgalteriya hisobida tan olish, baholash va hisobotda aks ettirish usul va uslublarini ilg‘or xorijiy tajribalar va xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish lozim. Bu jarayon moliyaviy axborotlarning sifatini ta’min etadi.

Yuqoridagi muammo va kamchiliklardan kelib chiqib quyidagilarni taklif etaman:

  • Buxgalteriya xisobini xalqaro standartlarga tezroq o’tish lozim.

  • O‘zbekiston Respublikasi korxona va xo‘jalik sub’ektlarida moliyaviy xisobotlarni halqaro standartlar asosida tayyorlash va moliyaviy hisobotlarning halqaro standartlarni kelib chiqish tarixi va uning evolyusiyasi asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bo‘yicha moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qo‘llashning ishchi rejasi va amalga oshirish dasturini ishlab chiqish va uni amaliyotga qo‘llash jarayonini ko‘rib chiqish lozim.

  • Xalqaro standarlarga mos kadrlar tayyorlash va mavjud kadrlarni qayta tayyorlash lozim.

  • MHXS asosida buxgalteriya hisobi uchun huquqiy asos yaratish maqsadida buxgalteriya hisobi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni;

  • Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini oʻzbek tillariga rasmiy ravishda tarjima qilishni;

  • Moliyaviy hisobning xalqaro standartlariga muvofiq oʻquv qoʻllanmalar, darsliklar, elektron darsliklar tayyorlash va chop etishni tavsiya qilaman.



Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin