8-Mavzu. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning hisobi
Reja: Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlarning hisobi
Qurilish ishlari bo‘yicha buyurtmachilar bilan hisoblashishlarning hisobi
Qurilish ishlarini bajarishda bosh pudratchi va subpudratchilar o‘rtasidagi hisoblashishlarning hisobi
1. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlarning hisobi
Qurilish ishlarini bajarishdan olinadigan daromadlar qurilish tashkilotlarida
foyda olishning asosiy manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Respublikamizning 2-
son BHMS «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar»ga muvofiq qurilish
ishlaridan olingan daromadlarni tan olish va buxgalteriya hisobida aks ettirish
uchun ular quyidagi shartlarga javob berishi lozim:
birinchidan, qurilish tashkiloti tomonidan daromadga egalik qilish huquqi
bajarilgan qurilish ishlarining buyurtmachilarga topshirilgan-ligiga guvohlik
beruvchi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi;
ikkinchidan, olinadigan daromadning summasi aniq bo‘lishi; uchinchidan, bajarilgan ishlardan kelib tushgan yoki kelib tushadigan
tushum qurilish tashkilotining aktivlarini ko‘payishiga yoki uning majburiyatlarini
kamayishiga olib kelishiga to‘liq ishonch bo‘lishi;
to‘rtinchidan, buyurtmachi qabul qilib olgan qurilish ishi uchun pudratchi
oldidagi majburiyati summasini so‘zsiz tasdiqlashi.
Qurilish tashkilotlarida qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlarni
tasdiqlovchi asosiy hujjat bo‘lib «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati
to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» hisoblanadi. Ushbu hujjat pudratchi
va buyurtmachi tomonidan imzolangandan so‘ng rasmiy kuchga ega bo‘ladi.